|
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi
Tug'ilgan sana va joy: 1977-yil, Samarqand viloyati
Ma'lumot: oliy, Toshkent kimyo-texnologiya instituti (1999 y, bakalavr), Toshkent kimyo-texnologiya instituti (2005 y, magistratura).
Telefon: (998 71) 140 74 08
Elektron pochta: info@uks.uz
|
Mehnat faoliyati
2024-y. - h.v. |
“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi |
2023-2024 yy. |
“Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruv raisining qayta ishlash boʻyicha oʻrinbosari |
2020-2023 yy. |
“Oʻzkimyosanoat” boshqaruv raisining ishlab chiqarish, mahalliylashtirish, sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish va axborot texnologiyalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — “Navoiyazot” AJ Boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi |
2019-2020 yy. |
“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi |
2018-2019 yy. |
“Oʻzbekneftegaz” AJ boshqaruvi raisining chuqur qayta ishlash boʻyicha oʻrinbosari |
2014-2017 yy. |
“Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi” unitar shoʻba korxonasi direktori |
2012-2014 yy. |
“Oʻzbekiston GTL” qoʻshma korxonasi texnik menedjeri oʻrinbosari |
2000-2012 yy. |
“Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi” unitar shoʻba korxonasi polietilen ishlab chiqarish sexi smena-muhandisi, Texnologiya boʻlimi muxandis-texnologi, bosh texnolog oʻrinbosari, Taraqqiyot xizmati boshligʻi |
1999-2000 yy. |
“Shoʻrtangaz” neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi kondensatni barqarorlashtirish sexi quzatuvchisi |
1995-1999 yy. |
Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabasi |
Funksional vazifalari
- “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining boshqaruvi, uning tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
- kimyo sanoatini modernizatsiyalashga, texnik qayta jihozlashga, resurslar tejovchi samarali texnologiyalarni joriy etishga, ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga qaratilgan yagona texnik siyosatini olib boradi;
- kimyo sanoatinining barqaror rivojlanishiga, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishning o'sishiga, uning eksport salohiyatini, shu jumladan, mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarish hisobiga kegaytirishga qaratilgan tarmoqning uzoq va o'rta muddatli taraqqiyot dasturlari bajarilishini ta'minlaydi;
- zamonaviy menejmentning usullarini egallab olgan hamda bozor sharoitida samarali ishlashga qodir bo'lgan texnik-muhandis va boshqaruv kadrlar malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash ishlarini boshqaradi;
- marketing tadqiqotlarni muvofiqlashtirish, qishloq xo'jaligining mineral o'g'itlarga, o'simliklarni himoya qiuvchi kimyo vositalariga bo'lgan hamda iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarining raqobatbardosh kimyo mahsulotlariga joriy va bo'lajak ehtiyojlarini aniqlaydi;
- aksiyadorlik jamiyatning tarkibiy bo'linmalarida direktiv hujjatlar ijrosi ustidan doimiy nazorat olib boradi;
- aksiyador jamiyatga taalluqli barcha masalalar yuzasidan davlat va mahalliy boshqaruv organlar bilan hamkorlik qiladi;
- aksiyador jamiyati apparati, uning tarkibidagi korxona va tashkilotlar uchun rahbar kadrlarni tayyorlash, tanlash va tayinlash ishlarini boshqaradi.
Fuqarolarni shaxsiy masalalar bo'yicha qabul qilish kunlari: seshanba, 09.00—11.00
So'nggi yangilash sanasi:
23.12.2024