Prezidentimizning “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi PQ–330-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida “Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan biriktirilgan hududlarda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jahon kimyo sanoati xabarlari: Yangi raqamli mahsulotni Xitoy fan va texnologiya universiteti professori Syun Yuysze boshchiligidagi amerikalik, yevropalik va xitoylik kimyogarlar guruhi yaratishdi. Sunʼiy intellekt asosidagi tizim kerakli katalizatorlarni tezda ishlab chiqish va samaraliroq ishlash uchun ularning tuzilmasini optimallashtirish imkonini beradi.
Tomorqalardan samarali foydalanishni tashkil qilgan holda aholi daromadlarini oshirish, kambagʻal oilalar bilan manzilli ishlash maqsadida oʻtkazilayotgan sayyor qabullarda aholi murojaatlari tinglanmoqda.
“O‘zkimyosanoat” AJga Ohangaron tumanidagi “Tut”, “Nurobod”, “O‘zbekiston”, “Ubayd” va “Yangi Hayot” mahallalarida istiqomat qiluvchi 60 nafar ishsiz yoshlar biriktirilgan.
Joriy yilning 12-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida qishloq xoʻjaligida yangi zaxiralarni ishga solish hamda 2024-yilgi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi va unda kimyo sanoati korxonalari oldiga bir qator vazifalar berildi. Topshiriqlar ijrosini to‘liq va sifatli ta’minlash maqsadida «O‘zkimyosanoat» AJ tizimi tomonidan belgilangan ish rejaga asosan amaliy ishlar olib borilmoqda.
Shu munosabat bilan, akademik Djalilov Abdulaxat Turapovichni “Oʻzkimyosanoat” AJ hamda koʻp ming sonli kimyo sanoati xodimlari nomidan ushbu yuksak mukofot bilan samimiy tabriklaymiz!
Maʼlumki, kimyo tarmogʻida faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislarni qoʻllab-quvvatlash, iqtidorli mutaxassislarning kasbiy va bilim darajasini aniqlash, ular orasida sogʻlom raqobat muhitini yaratish, innovatsion gʻoya, loyiha, va texnologiyalarini hayotga tatbiq qilish maqsadida “Yilning eng faol yosh kimyogari” koʻrik-tanlovi oʻtkazib boriladi.
Bugun “Oʻzkimyosanoat” AJda “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-931-son Qonunining mohiyati va ahamiyati haqida jamiyat xodimlariga tushuntirish berish maqsadida “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi qonun ijrosini samarali tashkil etish boʻyicha asosiy vazifalar va xorij tajribasi” mavzusida seminar tashkil etildi.
Bugun "Kimyo sanoati yosh mutaxassislari" ilmiy-intellektual forumi oʻz ishini boshladi
7-may kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sport majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi tomonidan “15-may – “Xalqaro oila kuni” va “Yangi O‘zbekistonning ibratli oilasi” ko‘rik-tanlovini nishonlash maqsadida, vazirlik, idora va tashkilotlar xodimlari hamda ularning oila a’zolari o‘rtasida “Sport – nafislik va salomatlik manbai” shiori ostida Gimnastrada festivali bo‘lib o‘tdi.