Sunʼiy intellekt kimyo sanoati uchun katalizatorlar ishlab chiqarishi mumkin

// 13.02.2025 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (224.64 KB)

Yangi raqamli mahsulotni Xitoy fan va texnologiya universiteti professori Syun Yuysze boshchiligidagi amerikalik, yevropalik va xitoylik kimyogarlar guruhi yaratishdi. Sunʼiy intellekt asosidagi tizim kerakli katalizatorlarni tezda ishlab chiqish va samaraliroq ishlash uchun ularning tuzilmasini optimallashtirish imkonini beradi. 

Olimlar mazkur ishlanmani yaratishda yaqinda taqdim etilgan AlphaFold dasturidan ilhomlanishganini qayd etishgan.

Ularning taʼkidlashicha, ayni paytda kimyoviy reaksiyalarning eng samarali tezlatgichlarini xatoliklar va sinov usuli bilan tanlashga erishilmoqda. Buning uchun vaqt ham koʻproq talab etiladi. Ishlab chiqilgan neyrotarmoq esa, jami 2 ming turdagi moddalar uchun aniq kvant-kimyoviy hisoblash natijalari asosida katalizatorning 180 mingdan ortiq mumkin boʻlgan strukturaviy oʻzgarishlarini hisoblaydi.

Misol tariqasida, olimlar yorugʻlik zarralarini oʻzlashtira oladigan va karbonat angidrid molekulalarini parchalash uchun energiyasidan foydalanadigan 3,4 mingdan ortiq fotosintezlaydigan katalizatorlar uchun hisob-kitoblarni amalga oshirishgan. Neyrotarmoq ularga katalizatorlarning yettita istiqbolli shaklini tanlashda yordam berdi. 

Ushbu molekulalarni laboratoriyada oʻrganib chiqqandan soʻng, tadqiqotchilar ularning ishlashini ayrim hollarda taqqoslash mumkin, boshqalarida esa mavjud katalizatorlardan oshib ketadi degan xulosaga kelishdi. 

Kobalt va mis ionlarini oʻz ichiga olgan eng yaxshi variant karbonat angidrid molekulalarining 93% dan koʻprogʻini uglerod oksidiga aylantirdi va taxminan 80 soat ishlash uchun oʻz xususiyatlarini saqlab qoldi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati
 


So'nggi yangilash sanasi: 13.02.2025