Abu-Dabi shahridagi “Qasr al-Vatan” saroyida O'zbekiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo'ldi.
Matbuot uchun ma'lumot Kimyo sanoati korxonalarini 2021 yilgacha rivojlantirish dasturiga binoan “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi tomonidan amaldagi quvvatlar samaradorligini oshirish va barqaror ishlashini ta'minlash, energiya sarfini qisqartirish va import o'rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish qatorida O'zbekiston Respublikasining 2017 yil Investitsiya dasturiga kiritilgan investitsiya loyihalarni amalga oshirilishi jadallashtirildi.
“O'zekspomarkaz”da geologiya, yoqilg'i-energetika, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi tarmoq sanoat yarmarkasi ochildi. Unda 380 dan ziyod korxona o'z mahsulotlarini namoyish etmoqda. Geologiya, yoqilg'i-energetika, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya tarmoqlari mamlakatimizning jadal rivojlanayotgan ishlab chiqarish sohalari hisoblanadi. Buni tarmoq yarmarkasiga qiziqish tobora ortib borayotganida ham kuzatish mumkin. 2014 yili mazkur ko'rgazmada 250 dan ziyod korxona ishtirok etgan bo'lsa, o'tgan yili 330 dan ziyod biznes sub'ekti unda qatnashgan. Ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar samarasida ko'rgazma stendlarida “O'zbekistonda ishlab chiqarilgan” belgisi ostidagi eksportbop mahsulotlar turi tobora ko'payib borayotgani e'tiborlidir.
Xalqning, millatning mavjudligi, avvalo, uning o'z tiliga egaligi bilan belgilanadi. 1989 yil 21 oktyabrda O'zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinib, o'zbek tilining huquqiy maqomi mustahkamlandi.
Bugun Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyida "Navoiyazot” AJ tashkil topganligining 60 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo'lib o'tdi.
Qishloq xoʻjaligini mineral oʻgʻitlar bilan taʼminlash hosildorlikni oshirishning muhim vositasi boʻlib, iqtisodiy jihatdan eng samarali yoʻl ekani barchaga maʼlum. Olimlarning tadqiqotlariga koʻra, ekinlardan olinadigan hosilning qariyb yarmi mineral oʻgʻitlar hisobiga olinadi.
Tender shakli: elektron Boshlang‘ich bahosi: 42 500 000 000 (qirq ikki milliard besh yuz million) so‘m QQSsiz.
Joriy yilning 10 iyun kuni soat 23:25da “Ximiya” podstantsiyasida qisqa tutashuv sabab 110kVli “L-Zarafshon” havo liniyasida elektr energiyasi o'chganligi natijasida “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi “Navoiyazot” AJ ob'ektlarida elektr uzilishi kuzatildi. Avtomatik tizim ishlashi natijasida korxonani ta'minlovchi LX-10, LX-4, LX-15 liniyalari Issiqlik energiya stantsiyasi liniyasi manbaiga o'tib, joriy yil 11 iyun kuni soat 03:42da “Ximiya” podstantsiyasi manbaiga qayta o'tildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 21 iyul kuni Angren shahriga tashrif buyurdi. Toshkent viloyatida kimyo sanoati, neft-kimyo, qora va rangli metallurgiya, elektrotexnika, mashinasozlik va metallni qayta ishlash kabi zamonaviy sanoat tarmoqlari yaxshi rivojlangan.
Ikki davlat rahbarlari an'anaviy do'stlik va ochiqlik ruhida o'tgan muzokaralar chog'ida mamlakatlarimiz o'rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishning asosiy masalalari, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda o'zaro hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash istiqbollari, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalarni muhokama etdilar.