“Oʻzkimyosanoat” AJ xorijiy hamkorlar bilan qator istiqbolli loyihalarni hayotga tadbiq etish ustida ish olib bormoqda

// 27.03.2025 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (106.52 KB)

“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasining Barqaror iqtisodiy oʻsish orqali aholi farovonligini taʼminlash yoʻnalishi boʻyicha 2025-yilga qator amaliy tadbirlar moʻljallangan. 

Bunda albatta, mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligini yanada oshirish muhim ahamiyatga ega. 

“Oʻzkimyosanoat” AJ mazkur yoʻnalishda xorijiy hamkorlar bilan qator istiqbolli loyihalarni hayotga tadbiq etish ustida ish olib bormoqda. “Acwa Power UKS Green H2” MCHJ QK tomonidan 52 MVt shamol elektr stansiyasi va yiliga 3000 tonna “yashil” vodorod” ishlab chiqarishni tashkil etish loyihalari shular jumlasidandir. 

Loyihaning birinchi bosqichi doirasida “yashil vodorod” loyihasini ishga tushirish koʻzda tutilgan. Ikkinchi bosqichda esa shamol turbinalarini yetkazib kelish va oʻrnatish ishlari amalga oshiriladi.  

Ayni paytda pudratchi “Power China Huadong Engineering Corporation Limited” kompaniyasi tomonidan qurilish ishlari yakunlanmoqda.  Asosiy texnologik uskunalar – 20 MVt quvvatdagi elektrolizyorlar oʻrnatildi va sozlash ishlari olib borilmoqda.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati


So'nggi yangilash sanasi: 27.03.2025