“Qoʻngʻirot soda zavodi”da yoshlarni har tоmonlama qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan xayrli tashabbuslar davom etmoqda.
Qashqadaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi "Dehqonobod kaliy zavodi" AJ obyektlarida yong'in xavfsizligini ta'minlashni tashkil etish bo'linmasi vakili bilan hamkorlikda yong'in xavfsizligi bo'yicha jamiyatning KO'ICh 2-sexi xodimlari o'qitilmoqda.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yurtimizda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda, ushbu ezgu amalda “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ xodimlari ham faol ishtirok etib, yashil tabiat rivojiga o‘zining munosib hissasini qo‘shmoqda.
Ayni kunlarda mamlakatimiz bo‘ylab “Xon atlas” festivali o‘tkazilmoqda. Ushbu festival doirasida “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar o‘rtasida “Milliy qadryatlarimiz – millat ko‘zgusidir” mavzusida chorlov tashkil etildi.
Bugun "Qoʻngʻirot soda zavodi" MCHJ QKda "Oyning eng yaxshi xodimlari" nominatsiyasining navbatdagi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Maʼlumki, D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo texnologiyalari universitetining Toshkent shahridagi filialida talaba qizlar uchun “Kimyo Girls” respublika olimpiadasi boʻlib oʻtmoqda. Kuni kecha olimpiadaning ikkinchi bosqich bellashuvlari boʻlib oʻtdi. “Oʻzkimyosanoat” AJ masʼullari ham unda ishtirok etib, talabalarga ulkan zafarlar va muvaffaqiyatlar izhor etdi.
Xayrli tashabbus vaqt tanlamaydi. Bemor salomatligi va hayoti muhofazasida ishtirok etish istagi saxovat tadbirlarida namoyon bo‘ladi. Korxona xodimlari qon va uning tarkibiy qismlariga ehtiyoji bo‘lgan bemorlar sog‘ligini tiklash maqsadida muntazam ravishda xayriya aksiyalarida ishtirok etib kelishadi.
Talaba-yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, respublikamiz boʻylab kadrlar siyosatini oqilona targʻib etish, aholi bandligiga koʻmaklashish maqsadida tashkil etilgan ushbu yarmarkada “Oʻzkimyosanoat” AJ masʼullari ham faol ishtirok etishdi.
Uchrashuvda Din ishlari boʻyicha qoʻmita xodimi Nurillaxon Mukarramxonov, jamiyat rahbariyati hamda xodimlari ishtirok etishdi. Unda maʼnaviy tahdidlarga qarshi kurashish, salbiy illatlarning oldini olish, turli yot gʻoyalarga qarshi immunitet hosil qilish masalalari muhokama qilindi.
Bugun “Oʻzkimyosanoat” AJning maxsus ishchi guruhi hamda Parkent tumani hokimi oʻrinbosari Baxtiyor Soatov va Yoshlar ishlar agentligi tuman bo‘limi vakili bilan uchrashuv oʻtkazildi.