“O'zkimyosanoat” DAK korxonalari tarmoq sanoat yarmarkasida

// 17.06.2015 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (31.53 KB)

Shu yil 10-12 iyun kunlari “O'zekspomarkaz”da o'tkazilgan  geologiya, yoqilg'i-energetika, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati hamda axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari komplekslarining tarmoq sanoat yarmarkasi 2015 yilda ishlab chiqarish dasturi doirasida “O'zkimyosanoat” korxonalari mahalliy ishlab chiqaruvchilardan  1,7 mlrd so'mlik mahsulotlarini sotib olish bo'yicha shartnomalar tuzildi.

Tadbir O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 1 dekabrdagi “Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qaroriga muvofiq Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasining birinchi bosqichi doirasida o'tkazildi. 

“O'zkimyosanoat” DAK stendlarida kompaniya korxonalarining ichki va tashqi bozorlarda sotuvga mo'ljallangan mahsulot, korxonalar tomonidan o'zlashtirilgan mahsulotlarning yangi turlari hamda o'zlashtirishga rejalashtirilgan mahsulotlar namoyish etildi. Shuningdek, mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilar diqqatiga “O'zkimyosanoat” kompaniyasi korxonalari muhtoj bo'lgan mahsulotlar turlari o'zlashtirish uchun taklif etilgan.

Tarmoq sanoat yarmarkasining yopilish marosimida “O'zkimyosanoat” kompaniyasi “Mahsulotni eksportga olib chiqishda erishgan yuksak ko'rsatgichlar uchun” nomli diplom bilan taqdirlandi.