Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda “Oʻzkimyosanoat” AJ hamkorligida oʻquv-seminari tashkil etildi. Unda Jamiyat tarmoq korxonalari matbuot kotiblari ishtirok etdi.
Bugun “Turkiston” sanʼat saroyida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan tashkil etilgan “Eng namunali vazirlik va idora” tanlovining taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Bugun “Oʻzkimyosanoat” AJ da “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ bilan birgalikda xodimlarni zamonaviy usullardan foydalangan holda boshqarish, xodimlarda korxonaga nisbatan aloqadorlik hissini yanada oshirish, kimyo sanoati tarmogʻida ishchi-xodimlar oʻrtasida mehnat munosabatlarini toʻgʻri tashkil etish maqsadida seminar-trening boshlandi.
D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiyalari universitetining Toshkent shahridagi filialida “Qadriyatlar oyligi” doirasida Talabalar festivali oʻtkazildi. Festivalda professor-oʻqituvchilar, talaba-yoshlar hamda nuroniylar ishtirok etishdi.
Joriy yilning 5-6-dekabr kunlari ISO 37001:2016 xalqaro standart talablariga muvofiq “CERT International” xalqaro trening kompaniyasi mutaxassislari tomonidan “Oʻzkimyosanoat” AJning korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi birinchi kuzatuv auditidan muvaffaqiyatli oʻtdi va xalqaro auditorlik va sertifikatlash tashkiloti tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmi amalda samara berayotganining asosiy koʻrsatkichi hisoblanuvchi ISO 37001:2016 xalqaro muvofiqlik sertifikati muddatini yana 1 yilga uzaytirdi.
“Oʻzkimyosanoat” AJda Eron Islom Respublikasi Neft vazirining oʻrinbosari Ahmad Asadzoda boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda ikki mamlakat oʻrtasida neft-kimyo sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish va yangi bosqichga olib chiqish imkoniyatlari, jumladan, kimyo sanoati mahsulotlari eksport va importi borasida hamkorlikni kengaytirish, birgalikda yuqori qoʻshimcha qiymatga ega boʻlgan neft-kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishga yoʻnaltirilgan istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish kabi masalalar muhokama qilindi.
“Oʻzkimyosanoat” AJda buyuk shoir va mutafakkir, davlat arbobi, soʻz mulkining sultoni – Alisher Navoiy tavalludining 582-yilligi hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540-yilligi munosabati bilan “Alisher Navoiy va Bobur merosi – beqiyos maʻnaviy xazinadir” shiori ostida maʻnaviy-maʻrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 12-apreldagi “Maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlarni namunali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha anʼanaviy tarzda o‘tkaziladigan “Eng namunali vazirlik va idora” hamda “Eng namunali tuman va shahar” tanlovlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomlarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 78-son bayonnomasiga asosan "O'zkimyosanoat" AJ respublika tanlovining “Eng namunali vazirlik va idora” nominatsiyasida ishtirok etish maqsadida buyurtma bergan edi.
Bugun “Oʻzkimyosanoat” AJda Polshaning import va eksport bilan shugʻullanuvchi “CENZIN” kompaniyasi Prezidenti va bosh ijrochi direktori Robert Vardak boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda “CENZIN” kompaniyasi tomonidan “Oʻzkimyosanoat” AJ tizim korxonalarida ishlab chiqarilayotgan kimyo maxsulotlariga nafaqat Polshada balki Yevropa, Afrika hamda Janubiy Amerika mamlakatlarida ham qiziqish va talab yuqori ekanligi maʼlum qilindi. Qolaversa, kompaniya sanoat uchun zarur boʻlgan texnik uskunalar va butlovchi qismlarni xorijiy davlatlardan yurtimizga keltirib berish boʻyicha ham oʻz takliflarini bidirdi. Uchrashuv davomida “Oʻzkimyosanoat” AJ hamda “CENZIN” kompaniyasi oʻrtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni yoʻlga qoʻyish va hamkorlikda investitsion loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari yuzasidan muzokaralar oʻtkazildi.
“O'zkimesanoat” aksiyadorlik jamiyatida “ARMENT CONSTRUCTION CHEMICALS” kompaniyasi vakillari va “O'zkimyosanoat” AJ boshqaruv raisining o'rinbosari Sh.Nabiev boshchiligidagi vakillar o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.