“Oʻzkimyosanoat” AJda buyuk bobokalonlarimiz xotirasiga bagʻishlangan maʻnaviy-maʻrifiy tadbir boʻlib oʻtdi

// 13.02.2023 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (1.94 MB)

“Oʻzkimyosanoat” AJda buyuk shoir va mutafakkir, davlat arbobi, soʻz mulkining sultoni – Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan “Alisher Navoiy va Bobur merosi – beqiyos maʻnaviy xazinadir”  shiori ostida maʻnaviy-maʻrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Unda “Oʻzkimyosanoat” AJ rahbariyati, ijro apparati xodimlari, shuningdek, masofadan turib online ravishda tarmoq korxonalari vakillari ham ishtirok etishdi. Shuningdek, tadbirga Oʻzbek milliy akademik drama teatridan elimiz sevgan sanʻatkorlar – Rixsitilla Abdullayev va Nigina Anarbayevalar tashrif buyurishdi. 

Maʻnaviy-maʻrifiy tadbir davomida “Oʻzkimyosanoat” AJ ijro apparati xodimlari hamda tarmoq korxonalari vakillari tomonidan buyuk ajdodlarimizning bebaho ijod namunalari asosida tayyorlangan badiiy chiqishlar, kuy va qoʻshiqlar ijro etildi.

 

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati


So'nggi yangilash sanasi: 13.02.2023