"Qadriyatlar oyligi” doirasida Talabalar festivali boʻlib oʻtdi

// 23.04.2024 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (60.4 MB)

RKTUning Toshkent shahridagi filialida "Qadriyatlar oyligi” doirasida Talabalar festivali boʻlib  oʻtdi

D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiyalari universitetining Toshkent shahridagi filialida “Qadriyatlar oyligi” doirasida Talabalar festivali oʻtkazildi. Festivalda professor-oʻqituvchilar, talaba-yoshlar hamda nuroniylar ishtirok etishdi. 

Tadbirda dastlab “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida vokal, raqs, rassomchilik koʻrik tanlovlari va sport, intellektual oʻyinlarda gʻalaba qozongan, jamoat ishlarida faol boʻlgan talaba yoshlar taqdirlandi.   

Koʻtarinki ruhda oʻtgan festivalda yoshlar oʻzbek va turli millatlar milliy anʼanalarini oʻzida aks etgan koʻrgazmalari bilan ishtirok etishdi. Osiyo va Yevropa millatlarining milliy kiyimlari, raqslari va taomlari ishtirokchilar va mehmonlarga namoyish etildi. 

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati

 

 

 


So'nggi yangilash sanasi: 23.04.2024