Tanlov komissiyasi "O'zkimyosanoat" AJda maʼnaviy-maʼrifiy masalalar bo‘yicha tashkil etilgan ishlar bilan tanishdi

// 14.07.2022 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (1.38 MB)

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 12-apreldagi “Maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlarni namunali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha anʼanaviy tarzda o‘tkaziladigan “Eng namunali vazirlik va idora” hamda “Eng namunali tuman va shahar” tanlovlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomlarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 78-son bayonnomasiga asosan  "O'zkimyosanoat" AJ respublika tanlovining “Eng namunali vazirlik va idora” nominatsiyasida ishtirok etish maqsadida buyurtma bergan edi. Joriy yilning 14-iyul kuni tanlov komissiyasi Jamiyatda maʼnaviy-maʼrifiy masalalar bo‘yicha tashkil etilgan ishlar bilan tanishdi.