“O'zekspomarkaz”da “Made in Uzbekistan” deb nomlangan mamlakatimiz iqtisodiy soha yutuqlari ko'rgazma-yarmarkasi ish boshladi. Ko'rgazma ochilish marosimida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, davlat va jamoat tashkilotlari, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan diplomatik korpus vakillari, mahalliy va chet ellik ishbilarmonlar qatnashdi.
Wyndham mehmonxonasida O'zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (O'zEOAVMA) tomonidan tashkil etilgan “Davlat tashqi qarzi: qarz mablag'larini sarflash yo'nalishi va loyihalarning samaradorligi” mavzusida brifing bo'lib o'tdi.
«Ўзкимёсаноат» АЖнинг марказий аппарати (шунигдек, барча таркибий бўлинмалари) қуйидаги манзилда жойлашган: 100011, Ўзбекистон Республикаси Тошкент ш.
Korrupsiyaga qarshi kurash zamonaviy dunyoning eng dolzarb muammolaridan biri boʻlib qolmoqda. Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq bu illatiga qarshi kurashish masalasiga alohida eʼtibor qaratib kelingan. Chunki poraxoʻrlik — hokimiyat va boshqaruv asoslarini yemiradigan, uning obroʻsiga putur yetkazadigan, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlariga daxl qiladigan havfli jinoiy hodisalardan biri. Shu boisdan davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev oʻz vakolatiga kirishishi bilan Prezident sifatida imzo chekkan birinchi hujjat “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni boʻlgan.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan O'zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo'mitasi e'lon qilingan “Davlat korxonalari ham “obnal firma”lar bilan “soxta” bitim tuzgan” nomli maqolasida keltirilgan faktlar atroflicha o'rganib chiqilib, quyidagilarni ma'lum qiladi.
Kuni kecha ijtimoiy tarmoqdagi kanallarning birida “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga daxldor masala yuzasidan xabar e'lon qilindi. Shu munosabat bilan “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati quyidagilarni ma'lum qiladi.
Ijtimoiy tarmoqdagi kanallarning birida “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi “Navoiyazot” AJ faoliyatiga daxldor masala yuzasidan e'lon qilingan maqola bo'yicha “O'zkimyosanoat” AJ quyidagilarni ma'lum qiladi.
Hurmatli hamkasblar va hamkorlar! Hozirgi kunda muvaffaqiyatli biznesning kaliti uning shaffofligi, halolligi bo'lib, bu xodimlar, hamkorlar va jamiyat nazaridagi barqaror obro'sidir. “O'zkimyosanoat” AJ har doim o'zining barcha majburiyatlarini sadoqat bilan bajaradi, qonunchilikka qat'iy amal qiladi, teng raqobat tamoyillariga amal qiladi va halollik, ochiqlik va korporativ madaniyatini qurishga katta e'tibor beradi.
“OʻZKIMYOSANOAT” AKSIYADORLIK JAMIYATI AKSIYADORLARI DIQQATIGA! “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi 2025-yil 6-yanvar kuni soat 16:00 da masofadan turib axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda elektron ovoz berish “eVote” platformasi orqali oʻtkaziladi.
“Ўзкимёсаноат” АЖ Коррупцияга қарши курашиш ва Комплаенс бошқармаси ва тармоқ корхоналари Комплаенс хизматлари томонидан коррупцияга қарши курашиш соҳасида 2025 йилнинг ўтган 3 ойи давомида белгиланган вазифалар доирасида тегишли тадбирлар амалга оширилди.