Bugun 14 iyul kuni D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti Toshkent shahridagi filialining birinchi kirish imtihoni kimyo fani bo'yicha bo'lib o'tdi. Imtihon jarayonini onlayn tarzda test2021.muctr-tashkent.uz manzili orqali kuzatish imkoniyati yaratildi. Imtihonlar 14-16 kunlari uchta fan: kimyo, matematika va rus tili fanlari bo'yicha o'tkaziladi.
2015 yil 29 aprelda “O'zkimyosanoat” DAKda Xitoyning “CITIC Construction Co.Ltd” delegatsiyasi bilan o'tkazilgan uchrashuvda Qo'ng'irot soda zavodining ikkinchi navbatida olib borilayotgan qurilish ishlari hamda kimyo sohasida hamkorlikni kengaytirish borasidagi istiqbollari, xususan Samarqand shahrida yangi murakkab o'g'itlar (NPK) turlarini ishlab chiqarish masalalari muhokama qilindi.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida Xitoyning “CITIC Construction Co., Ltd.” kompaniyasi bilan videokonferentsaloqa orqali kimyo sanoatida loyihalarni amalga oshirishda xorijiy kompaniya bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish imkoniyatlarini muhokama qilishga qaratilgan muzokaralar o'tkazildi.
2018 yil 15 fevralda “Maksam-Chirchik” aksiyadorlik jamiyatida kimyo sanoatining innovatsion rivojlanishining dolzarb masalalari bo'yicha tarmoq seminar o'tkazildi. Ushbu tadbir kimyo sanoatini rivojlantirish yuzasidan uzoq muddatli kontseptsiyasini tayyorlash doirasida “O'zkimyosanoat” AJ texnik siyosati Bosh boshqarmasining innovatsiya texnologiyalarni joriy etish bo'limi tomonidan tashkil qilindi hamda seminar ishtirokchilari kimyo sanoatining istiqboli bo'yicha o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Kimyo sanoati yosh mutaxassislari” milliy forumi oʻtkazildi “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi bir guruh yoshlar bilan uchrashdi “Oʻzkimyosanoat” AJ ishchi guruhi mahallalarda istiqomat qiluvchi yoshlar va ularning oilaviy sharoitlarini o‘rgandi Rahbar va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi “Kimyogarlar” jamoasi QVZda faxrli 3-o'rinni egalladi Yosh ishchi-xodimlar uchun ingliz tili boʻyicha oʻquv kurslari boshlandi Do‘stona uchrashuv Kimyo fani bo‘yicha olimpiada g‘oliblari aniqlandi Kimyo girls respublika olimpiadasi gʻoliblari aniqlandi! “Kimyo Girls” respublika olimpiadasining ikkinchi bosqich bellashuvlari boʻlib oʻtdi.
“O'zkimyosanoat” AJ yoshlar yetakchilari Respublikaning barcha viloyatlariga jamiyatga biriktirilgan maktablarning holatini tubdan o'rganib chiqish maqsadida joylarga hizmat safariga jo'nab ketishdi. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 avgustdagi “Kimyo va biologiya yo'nalishlarida uzluksiz ta'lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori ijrosini ta'minlash hamda “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatiga biriktirilgan kimyo va biologiyaga ixtisoslashtirilgan maktablarni joylarga chiqib o'rganish hisoblanadi.
Iqtisodiyot tarmoqlarini malakali oʻrta boʻgʻin kadrlari bilan taʼminlash, ishchi kasblarga boʻlgan yuqori talabni qondirish maqsadida “Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan dual taʼlim tizimini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Kimyo tarmog'ining korxonalariga transport-ekspeditorlik xizmatlarni ko'rsatish vazifasini “O'zkimyosanoat” AJ tarkibiy bo'linmalari - “Kimyotrans” MChJ va “Kimetrans-logistik” MChJ bajaradilar.
Bugun “Oʻzkimyosanoat” AJ va tarmoq korxonalarining ekologik taʼsiri: muammolar, yechimlar va istiqbollar” mavzusida anjuman tashkil etildi
O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi va “Kimyogarlar kuni” kasb bayrami munosabati bilan “O‘zkimyosanoat” AJ hamda Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi hamkorligida “Yilning eng faol yosh kimyogari” tanlovining Respublika bosqichi o‘tkazildi.