Xitoyning “CITIC Construction Co., Ltd.” kompaniyasi bilan muzokaralar o'tkazildi

// 18.06.2021 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (130.38 KB)

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida Xitoyning “CITIC Construction Co., Ltd.” kompaniyasi bilan videokonferentsaloqa orqali kimyo sanoatida loyihalarni amalga oshirishda xorijiy kompaniya bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish imkoniyatlarini muhokama qilishga qaratilgan muzokaralar o'tkazildi.

Xitoy tomoni so'nggi yillarda O'zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli iqtisodiy ko'rsatkichlar yaxshilanayotgani, shuningdek, mamlakatimizning investitsion jozibadorligi oshayotganini ta'kidladi.

O'zbekistonda kimyo sanoatidagi loyihalarni amalga oshirish bo'yicha ko'p yillik tajribaga ega bo'lgan Xitoy tomoni kimyo sanoatidagi istiqbolli loyihalarga, xususan, quruq sian tuzlari va tiomochevina ishlab chiqarishni tashkil etish loyihalariga investitsiya kiritishga qiziqish bildirdi. O'zbekiston tomoni CITIC kompaniyasini kaltsinatsiyalangan soda ishlab chiqarishni kengaytirish bo'yicha tenderda ishtirok etishga taklif qildi.

Xitoy tomoni O'zbekiston kimyo va neft-kimyo sanoati korxonalari hamda O'zbekiston neft-gaz sektorining ishlab chiqarish ob'ektlarida yuqori texnologik loyihalarni amalga oshirish maqsadida O'zbekiston-Xitoy Investitsiya va taraqqiyot jamg'armasini tashkil etishni ma'lum qildi hamda qo'shma loyihalarni amalga oshirish uchun jamg'armaga mablag' jalb etishga ko'maklashishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar axborot almashish va loyiha hujjatlarini tayyorlash, shuningdek, Xitoy moliya institutlari va O'zbekiston-Xitoy Investitsiya va taraqqiyot fondidan mablag'larni kimyo sanoati loyihalari uchun jalb qilish masalalarini ishlab chiqish maqsadida CITIC va “O'zkimyosanoat” AJ mas'ul mutaxassislaridan tashkil topgan ishchi guruhni tuzishga kelishib oldilar.

O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati