O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi va “Kimyogarlar kuni” kasb bayrami munosabati bilan “O‘zkimyosanoat” AJ hamda Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi hamkorligida “Yilning eng faol yosh kimyogari” tanlovining Respublika bosqichi o‘tkazildi.
Mazkur tanlovni o‘tkazishdan maqsad yoshlarning har tomonlama yetuk mutaxassis bo‘lib kamol topishiga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlash, o‘z kasbiga nisbatan hurmat va faxr tuyg‘usini shakllantirish, iqtidorli yoshlarni aniqlash, yosh xodimlar orasida sog‘lom raqobat muhitini vujudga keltirish, yoshlarning innovatsion g‘oya, loyiha va texnologiyalarini hayotga tatbiq etish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish, yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlaridagi yoshlarning faolligini oshirishdan iborat.
Tanlov yakuniga ko‘ra, 1-o‘rinni “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ xodimi Ahmedov Aslbek, 2-o‘rinni “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XK xodimi Bunyod Mirsoatov va 3-o‘rinni Toshkent kimyo-texnologiya instituti xodimi Jaloliddin Eshbobayev egalladi.
Gʻolib va faol ishtirokchilar “O‘zkimyosanoat” AJ hamda Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati