Joriy yilning 3 fevral kuni “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 11210 tonna 24555,6 mln. so'mlik mineral o'g'itlar sotildi. Bir kun avval bu ko'rsatkich past bo'lgan ya'ni 2 fevral kuni 19348,4 mln. so'mlik 8993 tonna mineral o'g'itlar sotilgan.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida Saudiya Arabistonining Arkan Hermes Group xalqaro kompaniyasi Boshqaruv raisi o'rinbosari Muhammed Fayyaz Xan (Mohammed Fayyaz Khan) hamda “O'zkimyosanoat” AJ Boshqaruv raisi J.Mirzamaxmudov ishtirokida olib borilgan muzokaralar davomida o'zaro Anglashuv memorandumi imzolandi.
Joriy yilning 2 fevral kuni “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 8993 tonna 19348,4 mln. so'mlik mineral o'g'itlar sotildi. Bir kun avval bu ko'rsatkich yuqori bo'lgan ya'ni 1 fevral kuni 21071,4 mln. so'mlik 10029 tonna mineral o'g'itlar sotilgan.
Joriy yilning 1 fevral kuni “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 10029 tonna 21071,4 mln. so'mlik mineral o'g'itlar sotildi.
“O'zkimyosanoat” AJ yoshlar yetakchilari Respublikaning barcha viloyatlariga jamiyatga biriktirilgan maktablarning holatini tubdan o'rganib chiqish maqsadida joylarga hizmat safariga jo'nab ketishdi. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 avgustdagi “Kimyo va biologiya yo'nalishlarida uzluksiz ta'lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori ijrosini ta'minlash hamda “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatiga biriktirilgan kimyo va biologiyaga ixtisoslashtirilgan maktablarni joylarga chiqib o'rganish hisoblanadi.