Tarmoq yangiliklar

“kun.uz” veb-saytida joylashtirilgan axborotga raddiya javobi

// 17.12.2015

Joriy yil 15 dekabrda “kun.uz” internet nashrida joylashtirilgan “O'zbekistonda 500 million dollarlik kimyo zavodi quriladi” deb nomlangan axborotga “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati o'z munosabatini bildirishni lozim deb topdi. Birinchidan, “Uzkimyosanoat” AJ vakillari xabarda keltirilgan “Daniyaning Intex Engineering, Italiyaning Smet Balestra va Finlyandiyaning Outotec kompaniyalari bilan hech qachon, hech qanday muzokaralar olib bormagan.


Konstitutsiya kuni bilan!

// 03.12.2015

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati mamlakatimiz kimyogarlari nomidan O'zbekiston xalqini ulug' bayram – Konstitutsiya kuni bilan chin dildan qutlaydi! Mehnatsevar, qo'li gul xalqimizning yaratuvchanlik va bunyodkorlik jabhasida erishayotgan yutuqlari tobora ko'payib, yurtimiz kundan-kun chiroy ochaversin! Har bir xonadonga tinchlik va omonlik, baxt-saodat, dasturxonlariga qut-baraka, amalga oshirayotgan xayrli ishlariga omad tilaymiz!


Suyuq azot-kaltsiy-magniyli o'g'it ishlab chiqarildi

// 29.10.2015

“Maksam-Chirchiq” AJda suyuq azot-kaltsiy-magniyli o'g'itni ishlab chiqarish texnologiyasi yaratildi va mahsulotning tajriba partiyasi ishlab chiqarildi. Xom-ashyo sifatida dolomit, azot kislotasi va karbamid xizmat qiladi. Ushbu o'g'it g'alla, oziqa o'simliklar, sabzavot va mevalar yetishtirish uchun ishlatiladi. Hozirgi vaqtda respublika Fanlar Akademiyasining umumiy va noorganik kimyo Institutida mazkur o'g'it agrokimyoviy sinovlardan o'tkazilmoqda.


Kaliy xlorati ishlab chiqarish uchun sanoat-tajriba uskuna yaratildi

// 15.10.2015

“Navoiyazot” AJda kaliy xlorati (Bertolet tuzi) ishlab chiqarish uchun sanoat-tajriba uskuna yaratildi. Bu modda gugurt ishlab chiqarishda, lak-bo'yoq, farmatsevtika, yog'och va kimyo sanoatida ishlatiladi. Mahsulotning tajriba partiyasi ishlab chiqarilib, «ATLAST INVEST» hamda «Nurafshon yulduz yog'dusi» MChJlarga sinovdan muvaffaqiyatli o'tkazildi. Shu kunlarda korxona oyiga 40 tonna mahsulot ishlab chiqarish bo'yicha buyurtma oldi.


Suvni zararsizlantirish uchun xlor tabletkalar ishlab chiqarish texnologiyasi yaratildi

// 16.09.2015

“Navoiyazot” AJda suvni zararsizlantirish uchun xlor tabletkalar ishlab chiqarish texnologiyasi yaratildi va ularni ishlab chiqarish uchun sanoat - tajriba qurilmasi yasaldi. Mahsulotning sinov partiyasi ishlab chiqarildi va hozirda tegishli normativ hujjatlar va tavsiyanomalar tayyorlash ustida ish olib borilmoqda. Xlor tabletkalaridan ichish va texnik suvni zararasizlantirish, suzish havzalarni,sanitar-taxnik uskunalarni tozalash uchun foydalanish mumkin.