Tarmoq yangiliklar

Qalbaki mahsulotlardan ogoh bo'ling!

// 08.02.2021

Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan dehqon fermer xo'jaliklari, paxta, g'alla va sabzavot yetishtirish bilan mashg'ul bo'lgan fuqarolarni sifatli mineral o'g'it bilan ta'minlash ishlari “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining tarmoq korxonalari tomonidan amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, “Ammofos-Maksam” AJ ichki bozor va qo'shni davlatlar ehtiyojini “Ammofos”, “PS-agro”, “Superfos”, “ASF” mahsulotlari ishlab chiqarib, davlat standarti talablariga javob beradigan mineral o'g'itlar bilan iste'molchilarning ehtiyojini qondirib kelmoqda.


Tayinlov

// 08.02.2021

Djuraev Ilxom Kenjaevich “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Investitsiya faoliyatini istiqbolli rivojlantirish departamentining Investitsiyani istiqbolli rivojlantirish bo'limi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.


O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi kimyo sanoat mahsulotlarining 5 fevral sanasidagi savdo yakunlari

// 06.02.2021

Joriy yilning 5 fevral kuni “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 26149 tonna 65063,7 mln. so'mlik mineral o'g'itlar sotildi. Bir kun avval bu ko'rsatkich past bo'lgan ya'ni 4 fevral kuni 31426,2 mln. so'mlik 12963 tonna mineral o'g'itlar sotilgan.


O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi kimyo sanoat mahsulotlarining 4 fevral sanasidagi savdo yakunlari

// 05.02.2021

Joriy yilning 4 fevral kuni “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 12963 tonna 31426,2 mln. so'mlik mineral o'g'itlar sotildi. Bir kun avval bu ko'rsatkich past bo'lgan ya'ni 3 fevral kuni 24555,6 mln. so'mlik 11210 tonna mineral o'g'itlar sotilgan.


Kimyo va biologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilarining faolligi oshirildi

// 05.02.2021

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “O'zbekiston yoshlar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash” markazi bilan hamkorlikda jamiyatiga biriktirilgan kimyo va biologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan 173-umumta'lim maktabi o'quvchilari ishtirokida “Biznes marafon” o'tkazildi.