Tarmoq yangiliklar

“O'zkimyosanoat” DAK korxonalari tarmoq sanoat yarmarkasida

// 17.06.2015

Shu yil 10-12 iyun kunlari “O'zekspomarkaz”da o'tkazilgan geologiya, yoqilg'i-energetika, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati hamda axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari komplekslarining tarmoq sanoat yarmarkasi 2015 yilda ishlab chiqarish dasturi doirasida “O'zkimyosanoat” korxonalari mahalliy ishlab chiqaruvchilardan 1,7 mlrd so'mlik mahsulotlarini sotib olish bo'yicha shartnomalar tuzildi. Tadbir O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 1 dekabrdagi “Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qaroriga muvofiq Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasining birinchi bosqichi doirasida o'tkazildi.


“Qo'qon superfosfat zavodi” AJda mashqlar o'tkazildi

// 09.06.2015

2015 yil 28 mayda “Qo'qon superfosfat zavodi” AJda korxonaning fuqaro muhofazasi tuzilmalari Qo'qon shahrining Favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimining xizmatlari bilan birgalashib hamkorlikda ishlash ko'nikmalarni takomillashtirish bo'yicha maxsus-taktik mashqi o'tkazildi. Mashq davomida texnogen xususiyatga ega shartli favqulodda vaziyatni bartaraf etish bo'yicha vazifalar bajarildi. Maxsus - taktik mashqiga 124 nafar kishi hamda 7-ta maxsus va muhandislik texnika vositalari jalb etildi.


«Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyati xalqaro baholovchi tashkilotlarini taklif etadi

// 08.06.2015

«Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyati strategik chet el investorlariga sotish maqsadida jamiyat ustav fondidagi davlat ulushi qiymatini baholash uchun tanlovda ishtirok etishga xalqaro baholovchi tashkilotlarini taklif etadi. Baholash O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 28 aprelidagi “Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-2340-sonli qarorini ijrosini ta'minlash doirasida amalga oshirilmoqda.


“O'zkimyosanoat” DAKning yagona aksiyadori umumiy yig'ilish o'tkazilishi

// 03.06.2015

“O'zkimyosanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi 2015 yilning 13 iyunida Toshkent shahri Navoiy ko'chasi, 38-uyda joylashgan Kompaniyaning ma'muriy binosida o'tkaziladigan aksiyadorlar umumiy yig'ilishi to'g'risida xabar beradi. Aksiyadorlikdorlar ushbu e'lon chop etilgandan kundan boshlab aksiyadorlar umumiy yig'ilishiga ko'rib chiqish uchun kiritilgan materiallar bilan Toshkent sh., Navoi ko'chasi, 38-uy manzilida, ish kunlari soat 10:00 dan 16:00 gacha aksiyadorlar umumiy yig'ilishining o'tkazilish kunigacha tanishib chiqishga xaqlidir.


“O'zkimyosanoat” DAK Innovatsiya yarmarkasi ishida faol qatnashdi

// 27.05.2015

“O'zkimyosanoat” DAK korxonalari shu yil 19-21 may kunlari “O'zekspomarkaz”da o'tkazilgan VIII Respublika innovatsiya g'oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmakasi ishida faol ishtirok etdi. Yarmarkaning kimyo sanoati shu'basida kompaniya korxonalari tomonidan 2014 yilda o'zlashtirilgan va joriy yilda ishlab chiqarilishini rejalashtirilgan mahsulotlar namunalari, 2015 yil innovatsiya loyihalari hamda “O'zkimyosanoat” DAK korxonalarining innovatsiya ehtiyojlari bo'yicha materiallar namoyish etildi.