Tarmoq yangiliklar

"Maxam-Chirchiq" AJda sayyor qabul haftaligi boshlandi

// 24.07.2023

Bugun “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi maslahatchisi - Xotin-qizlar kengashi raisi S.M.Abduraxmanova, "Maxam-Chirchiq" aksiyadorlik jamiyatining korxonaning boshlang'ich xotin-qizlar tashkiloti raisi-M.Shorayimova ishtirokida sayyor qabullar haftaligi boshlandi.


"Dehqonobod kaliy zavodi" AJ milliy tanlovda g‘olib bo‘ldi

// 24.07.2023

Oliy Majlis Senati Kengashining 2022-yil 27-apreldagi KQ-340-IV-sonli Qaroriga asosan Oliy Majlis Senati, Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha komissiyasi hamda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan "Gender tenglik faoli-2022" milliy tanlovining "Gender tenglikni ta’minlashda eng faol tuman davlat organi(tashkiloti)" nominatsiyasi bo‘yicha "Dehqonobod kaliy zavodi" AJ g‘olib bo‘ldi.


“O`zkimyosanoat” AJda yong’in xavfsizligini ta’minlash bo`yicha “Dolzarb 30 kun” tadbiri doirasida davra suhbati bo`lib o`tdi

// 20.07.2023

“O`zkimyosanoat” AJda yong’in xavfsizligini ta’minlash bo`yicha “Dolzarb 30 kun” tadbiri doirasida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari ishtirokida davra suhbati bo`lib o`tdi. Unda soha mutaxassislari tomonidan yong’in xavfsizligini ta’minlash yuzasidan muhim ma’lumotlar taqdim etildi.


RKTU Toshkent shahridagi filialida kirish imtihonlari: birinchi kun

// 17.07.2023

D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filialida 2022-2023 oʻquv yili uchun birinchi kirish imtihonlari oʻtkazilmoqda. Bugun abituriyentlar kimyo fanidan test topshirishmoqda. Yuqori natijalarni qoʻlga kiritgan abituriyentlar imtihonning ikkinchi bosqichida qatnashish imkoniyatiga ega boʻlishadi.


Tayinlov: Zaripov To'lqin Ergashevich

// 17.07.2023

To'lqin Ergashevich Zaripov “Dehqonobod kaliy zavodi” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar T.Zaripov "Dehqonobod kaliy zavodi" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.