Tarmoq yangiliklar

“O‘zkimyosanoat” АJ “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi” mavjudligini tasdiqlovchi xalqaro ISO 37001:2016 sertifikatiga ega bo‘ldi

// 24.12.2021

“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi kurashish va chek qo‘yishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar izchil amalga oshirib kelinmoqda. Аvvalo O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2019 yil 27-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5729-sonli Farmoni talablari asosida “O‘zkimyosanoat” АJda Komplayens xizmati tashkil etildi va “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, amalga oshiriladigan tadbirlar belgilab olindi. Mazkur sohada hamkorlik “KPMG” xalqaro auditorlik tashkiloti bilan yo‘lga qo‘yildi.


Мamlakatimiz kimyo sanoati tarixida ilk bor "O‘zkimyosanoat" aksiyadorlik jamiyati korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan azotli mineral o‘g‘itlar 3 mln. tonnadan ortdi

// 24.12.2021

Bugun mamlakatimiz kimyo sanoati tarixida ilk bor “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi korxonalar tomonidan 2021 yil boshidan buyon ishlab chiqarilayotgan azotli mineral o‘g‘itlar miqdori fizik holda 3 mln. tonnadan ortdi. Natijada respublika qishloq xo‘jaligi to‘liq va o‘z vaqtida mineral o‘g‘itlar bilan ta’minlandi hamda mamlakatimiz eksport salohiyati oshishiga munosib xissa qo‘shildi.


O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi kimyo sanoat mahsulotlarining 23-dekabr sanasidagi savdo yakunlari

// 23.12.2021

Joriy yilning 23-dekabr kuni “O‘zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 10924 tonna 26437,1 mln. so‘mlik mineral o‘g‘itlar sotildi. Bir kun oldin bu ko‘rsatkich past bo‘lgan, ya’ni 22-dekabr kuni 18958,9 mln. so‘mlik 8589 tonna mineral o‘g‘itlar sotilgan.


Tayinlov

// 23.12.2021

“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga Аbdullayeva Madina Lutfiddin qizi tayinlandi. M.Аbdullayeva ushbu lavozimga tayinlangunga qadar “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati yoshlar yetakchisi lavozimida faoliyat yuritgan.


O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi kimyo sanoat mahsulotlarining 22-dekabr sanasidagi savdo yakunlari

// 22.12.2021

Joriy yilning 22-dekabr kuni “O‘zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 8589 tonna 18958,9 mln. so‘mlik mineral o‘g‘itlar sotildi. Bir kun oldin bu ko‘rsatkich past bo‘lgan, ya’ni 21-dekabr kuni 17171,7 mln. so‘mlik 8085 tonna mineral o‘g‘itlar sotilgan.