Joriy yilning 11-fevral kuni Lahor shahrida Oʻzbekiston-Pokiston munosabatlari tarixida ilk bor “Made in Uzbekistan” milliy mahsulotlar koʻrgazmasi oʻz ishini boshladi.
Koʻrgazmada elektrotexnika, qurilish materiallari, toʻqimachilik, charm-poyabzal, mebel va yogʻochsozlik, farmatsevtika, qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat sanoati va turizm kabi sohalarga ixtisoslashgan 100 ga yaqin Oʻzbekistonning yirik milliy kompaniyalari oʻz mahsulotlarini namoyish qilmoqda.
Koʻrgazmadan "Oʻzkimyosanoat" AJ tarmoq koxonalarida ishlab chiqarilayotgan keng turdagi mahsulotlar ham oʻrin olgan.
Tadbir Pokistondagi biznes va sanoat vakillari bilan savdo aloqalarini rivojlantirishga va hamkorlikni yanada kengaytirish uchun oʻziga xos maydon boʻlmoqda.
Uning doirasida oʻzaro savdo hajmini oshirish, manfaatli hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish boʻyicha B2B va G2B muzokaralar oʻtkazilmoqda.
“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati