Muzokarada tomonlar “Polivinilxlorid (PVX) va kaustik soda ishlab chiqarishni tashkil etish 2-bosqich”, “Ammiak va karbamid ishlab chiqarishni tashkil etish” va “Sirka kislotasi ishlab chiqarishni tashkil etish” kabi loyihalarni birgalikda amalga oshirish masalalarini muhokama qilishdi. Bundan tashqari, “Oʻzkimyosanoat” AJ va HQC vakillari boshqa istiqbolli yoʻnalishlarda, jumladan, vinilatsetat, butandiol va boshqa talab yuqori boʻlgan kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha hamkorlik imkoniyatlarini koʻrib chiqdilar.
Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi “Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5-son Farmonida hamda “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasida yirik sanoat korxonalari tashlamalarini keskin qisqartirish maqsadlari ilgari surilgan.
Unda “Oʻzkimyosanoat” AJ hamda “China National Chemical Engeneering & Construction Corporation Seven” kompaniyalari ishtirokida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish, Xitoy moliya institutlaridan investitsiyalar jalb qilish, shuningdek, “China Export & Credit Insurance” korporatsiyasi tomonidan taqdim etiladigan eksport-kredit sugʻurta xizmatlari kabi masalalari muhokama qilindi.
Joriy yilning 2-mart sanasida Pokiston Islom Respublikasi poytaxti Islomobod shahrida Oʻzbekiston – Pokiston Biznes forumi boʻlib oʻtdi.
№ Tovar moddiy resurslar nomi Taxminiy narxi 1 Binoga xizmat koʻrsatish 140 000 000 2 Aloqa, maxsus aloqa xizmatlari va internet xarajatlari 215 000 000 3 Avtotransport vositalariga xarajatlar 290 000 000 4 Ofis uskunalari xarajatlari (kanselyariya tovarlari, xoʻjalik mollari) 250 000 000 5 Maishiy texnika sotib olish 32 600 000 6 Kompyuter, server va orgtexnikalarni sotib olish,keng qamrovli wifi aloqa tizimi oʻrnatish 200 000 000 7 Litsenzion dasturiy taʼminotlar, maʼlumotlar xavsizligini taʼminlash, elektron pochta xizmatlari, avtomatlashtirilgan monitoring tizimi va boshqalar 950 000 000 8 Audit va konsultantlarning xizmati 1 250 000 000 9 YERP tizimining uslubiy hujjatlar toʻplamini ishlab chiqish xarajatlari 2 000 000 000 10 Jurnal va gazetalarga obuna boʻlish, normativ-huquqiy hujjatlar toʻplamlarini sotib olish 50 000 000 11 Kadrlar tayyorlash, MSFO boʻyicha oʻkitish 350 000 000 12 Gazetada va televideniye xarajatlari (elonlar, reklama, koʻrsatuvlar, PR-tadbirlar tashkillashtirish, taniqli shaxslar va blogerlar bilan hamkorlik va b.
Joriy yilning 6-iyul kuni “Oʻzkimyosanoat” AJ va Germaniyaning “Linde group” kompaniyasi oʻrtasida hamkorlik shartnomasi imzolash marosimi boʻlib oʻtdi. Unda “Oʻzkimyosanoat” AJ vakillari, “Linde group” kompaniyasining Yaqin Sharq va Sharqiy Yevropa boʻyicha prezidenti Oliver Pfann hamda Rossiya va MDH mamlakatlarida investitsiyalar boʻyicha vitse-prezidenti Tomas Hilkerlar ishtirok etishdi.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Boshqaruv raisining tizimdagi korxona va tashkilotlarning yoshlar yetakchilari bilan uchrashuvi tashkil etildi. Videokonferentsiya orqali o'tkazilgan uchrashuvda “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxona va tashkilotlar yoshlar yetakchilari, korxona rahbar-xodimlari va faol yoshlar ishtirok etdi.
Bugun 15 iyul kuni D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti Toshkent shahridagi filialining matematika fani bo'yicha ikkinchi kirish imtihoni bo'lib o'tdi. Imtihon jarayonini onlayn tarzda test2021.muctr-tashkent.uz manzili orqali kuzatish imkoniyati yaratildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 avgustda tarmoqni yanada diversifikatsiya qilish maqsadida 2017-2021 yillarda kimyo sanoatini rivojlantirish Dasturi tasdiqlandi. Unga ko'ra ushbu davr ichida 3,1 mlrd. dollarlik 43 investitsiya loyihalarini amalga oshirish ko'zda tutilgan.
Bugun “Oʻzkimyosanoat” AJ rahbariyati va “Air Products and chemicals” kompaniyasining bosh ijrochi direktori Eduardo Menezes ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.