Ogohlik – davr talabi

// 26.08.2021 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (154.68 KB)

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi “Jizzax plastmassa” aksiyadorlik jamiyatida tashkil etilgan press-tur doirasida “Ogohlik – davr talabi” mavzusida korxona yosh xodimlari ishtirokida davra suhbati o'tkazildi.

Tadbirda “Jizzax plastmassa” AJ boshqaruv raisi, “Jizzax plastmassa” AJ yoshlar yetakchisi, Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi mas'ul xodimi, “O'zkimyosanoat” AJ yoshlar yetakchisi hamda jurnalist va blogerlar ishtirok etishdi.

Davra suhbati juda qizg'in savol-javoblarga boy bo'ldi. Unda yoshlarni ogohlikka, muqaddas zaminimizni asrashga chorlandi. Davra suhbati so'ngida yoshlar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar tinglandi hamda ular tomonidan berilgan savollarga mutaxassis tomonidan javob berildi.

“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati