“Oʻzkimyosanoat” AJ va Fanlar Akademiyasi Mikrobiologiya instituti oʻrtasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

// 29.07.2025 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (609.39 KB)

“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining Innovatsiya va yangi texnologiyalarni joriy etish boʻlimi vakillari Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Mikrobiologiya instituti bilan hamkorlik masalalari yuzasidan bevosita uchrashuv  oʻtkazdilar. 

Uchrashuv davomida institutning ilmiy-tadqiqot va laboratoriya salohiyati chuqur oʻrganildi hamda uning amalga oshirayotgan ilmiy faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Uchrashuvning asosiy maqsadi – ikki tomonlama manfaatli hamkorlik yoʻnalishlarini aniqlash va yangi innovatsion loyihalarni amalga oshirish boʻyicha rejalarni ishlab chiqishdan iborat. “Oʻzkimyosanoat” AJning innovatsiyalar va yangi texnologiyalarni joriy etish sohasidagi tajribasi hamda Mikrobiologiya institutining ilmiy salohiyati ushbu hamkorlikka qoʻshimcha imkon beradi.

Tomonlar kelajakda birgalikda amalga oshiriladigan loyihalar orqali sanoat va ilmiy sohalarda samarali natijalarga erishishga kelishib oldilar. Bu hamkorlik nafaqat ikki muassasaning rivojlanishiga, balki umumiy milliy iqtisodiyot va ilmiy salohiyatni oshirishga xizmat qiladi.

 “Oʻzkimyosanoat” AJ va Fanlar Akademiyasi Mikrobiologiya instituti oʻrtasidagi bu hamkorlik, innovatsiyalar va ilm-fanni amaliy ishlab chiqarishga integratsiya qilish borasida yangi bosqichni ochmoqda.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati
 


So'nggi yangilash sanasi: 29.07.2025