“Oʻzkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarida atrof-muhit muhofazasi

// 28.04.2025 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (10.71 MB)

Bugungi jarayonlar kimyo sanoatini zamonaviylashtirish, rekonstruksiya qilish va texnik qayta jihozlash bilan bir qatorda ishlab chiqarishda  ekologik tozalikni taʼminlash, chiqindisiz  texnologiyalarni va atrof muhitni saqlash dasturlarini joriy etishni ham taqozo etadi.

Bu borada “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturida qator vazifalar belgilangan. 

“Oʻzkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalari tomonidan ekologik xavfsizlikni taʼminlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, sanoat korxonalarining atrof muhitga taʼsirini kamaytirish maqsadlarida “yashil” iqtisodiyotga oʻtish choralari koʻrib borilmoqda.

Xususan, 2025-yil yanvar-mart oylarida jami 6,8 mlrd soʻmlik 19 ta tadbirlar amalga oshirilishi natijasida 5 025,3 tonna atmosferaga tashlanmalar kamayishiga, shu jumladan 721 tonna toksik tashlamalar kamayishiga va 77 ming m3 suv tashlanmalarining kamayishiga erishildi. Shuningdek amaliy tadbirlar tufayli  240 ming m3 artezian suv va 1 060 ming m3 ichimlik suv iqtisod qilindi. 11 ming tonna chiqindi utilizatsiya qilindi.

Yana bir muhim jihat shundaki, ishlab chiqarish jarayonida hosil boʻlgan chiqindilarni qayta ishlash orqali xom ashyoga aylantirish kabi innovatsion texnologiyalarning joriy qilinayotgani ham chiqindilar hajmini yanada kamaytirish imkonini bermoqda.

Taʼkidlash kerak, kimyo sanoati korxonalari bugungi globallashuv va iqlim oʻzgarishlari sharoitida atrof-muhit muhofazasini taʼminlash borasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

"O'zkimyosanoat" AJ Matbuot xizmati


So'nggi yangilash sanasi: 28.04.2025