Korxona haqida qisqa ma'lumot Pochta manzili 150106, O'zbekiston Respublikasi, Farg'ona viloyati, Farg'ona shahri, Sanoat ko'chasi, 222 Korxona rahbari Soliyev Gʻulom Gofurovich Telefon faks (+998 373) 222-20-02 (+998 373) 222-65-70 Vebsayt www.
Tadqiqotchilar tabiiy hujayralar kabi oqsillarni ifoda eta oladigan sunʼiy hujayralarni ishlab chiqishdi. Biokatalitik polimerizatsiya natijasida hosil boʻlgan oʻz-oʻzini yigʻish (bioPISA) deb nomlangan jarayon orqali yaratilgan yangi tuzilmalar fermentativ reaksiyalar va biomineralizatsiya uchun mikroreaktor sifatida ishlatilishi mumkin.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan qishloq xoʻjaligida yangi zaxiralarni ishga solish hamda 2024-yilgi ustuvor vazifalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida koʻtarilgan muhim masalalar va topshiriqlar ijrosi yuzasidan maxsus reportaj.
“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda yoshlar dunyoviy va diniy ilm-fan taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ ajdodlarimizning noyob asarlarini, nodir merosini, ibratli hayoti va ijtimoiy faoliyatini har tomonlama chuqur o‘rganish va targ‘ib etish maqsadini ko‘zlagan “Yosh kitobxon” tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Avval xabar berganimizdek, poytaxtimizdagi “Oʻzekspomarkaz” milliy koʻrgazmalar zalida Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi boʻlib oʻtdi.
Ertaga, 11-mart kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida "O‘zkimyosanoat" AJ axborot xizmati rahbari Hojiakbar To‘laganov ishtirokida Mineral o‘g‘itlarni birja savdolarida sotish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar mavzusida brifing bo‘lib o‘tadi.
Joriy yil bahor mavsumida Jamiyat tarmoq korxonalari tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 108,1 ming dona manzarali va mevali daraxt hamda buta ko‘chatlari ekilishi ko‘zda tutilgan.
“Ammofos-Maxam” AJ da “Yashil makon” umummilliy loyihasi ijrosini taʼminlash maqsadida joylarda koʻkalamzorlatirish va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Bugun "Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK xodimlari tomonidan "Yashil makon" umummiliy loyihasi doirasida korxona hududi hamda katta yoʻl boʻylariga saksovul urugʻlari va mevali, manzarali daraxtlar ekilmoqda.
“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda xotin-qizlarning kasblar va ixtisosliklarini chuqur o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash maqsadini ko‘zlagan “Eng faol innovator ayol” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.