Faol yoshlarning ota-onalari tashakkurnomalar bilan taqdirlandi

// 25.06.2024 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (676.98 KB)

Mamlakatimizda davom etayotgan yoshlar oyligi doirasida hamda 30 — iyun-Yoshlar kuni munosabati bilan “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ direktori Rustam Saliyev tomonidan korxonada faoliyat yuritayotgan bir qator tashabbuskor yoshlarning ota-onalariga tashakkurnomalar taqdim qilindi. Korxona Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi va jamiyat rahbariyati vakillari yosh mutaxassislar xonadoniga tashrif buyurib, yoshlarning ota-onalari bilan suhbatda bo‘lishdi. Ularga tashakkurnomalar va sovg‘a-salomlar ulashildi. 

Mazkur tadbir yosh kadrlarni o‘z kasbiga bo‘lgan hurmatini oshirish, mehnat samaradorligini yaxshilash, yurtga muhabbat va daxldorlik xissini shakllantirishga xizmat qiladi.

"Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ Matbuot xizmati


So'nggi yangilash sanasi: 25.06.2024