Yoshlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi.

// 04.07.2024 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (371.12 KB)

Bugun “Ammofos-Maxam” aksiyadorlik jamiyatida boshqaruv raisining ijtimoiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari v.b Kozimjon Ibragimov boshchiligida yoshlar ishtirokida ochiq muloqot boʻlib oʻtdi. 

Unda yoshlarni ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlaridagi faolligini oshirish, kitobxonlik, tabiatni asrash va xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada kuchaytirish, ushbu yo‘nalishlarda ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, 30 iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan “Ammofos-Maxam” AJ yoshlariga bayram tabrigi yoʻllandi. Qolaversa, bir qator korxona xodimlari estalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.

“Ammofos-Maxam” AJ Axborot xizmati

 


So'nggi yangilash sanasi: 04.07.2024