“Korporativ iqlim boshqaruvi” mavzusida seminar oʻtkazildi

// 16.11.2023 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (809.13 KB)

“Oʻzkimyosanoat” AJda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki koʻmagida ERM kompaniyasi maslahatchisi Yuliya Dobrolyubova tomonidan jamiyatda “Korporativ iqlim boshqaruvi” mavzusida ikki kunlik seminar oʻtkazildi.

Seminarda “Navoiyazot” AJ, “Fargʻonaazot” AJ, “Maksam-Chirchiq” AJ, “Ammofos-Maksam” AJ, “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ, “Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ QK, “Qizilqum fosforit kompleksi” MCHJlarning sanoat xavfsizligi, mehnat muhofazasi va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarma boshliqlari, ekologiya boʻlimi rahbarlari va mutaxassislari ishtirok etishdi.

Tashabbusning asosiy maqsadi “Navoiyazot” AJ negizida, Parij kelishuvi maqsadlariga muvofiq 2050-yilgacha nol tashlanmalariga erishishda past uglerodli rivojlanish boʻyicha yoʻl xaritasini ishlab chiqishdan iborat. 


So'nggi yangilash sanasi: 27.12.2023