Shu yil 10-12 iyun kunlari “O'zekspomarkaz”da o'tkazilgan geologiya, yoqilg'i-energetika, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati hamda axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari komplekslarining tarmoq sanoat yarmarkasi 2015 yilda ishlab chiqarish dasturi doirasida “O'zkimyosanoat” korxonalari mahalliy ishlab chiqaruvchilardan 1,7 mlrd so'mlik mahsulotlarini sotib olish bo'yicha shartnomalar tuzildi. Tadbir O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 1 dekabrdagi “Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qaroriga muvofiq Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasining birinchi bosqichi doirasida o'tkazildi.
Vazirlar Mahkamasining 09.01.2012 yildagi maxsus qaroriga binoan respublika hududlarida jami 13 ta zaharli kimyoviy vositalar va toksik moddalar ko'mish maxsus poligonlar mavjud bo'lib, shundan 11 tasida konservatsiya ishlari olib boriladi va 2 tasida rekonstruktsiya qilish loyihalari amalga oshiriladi (Jizzax viloyatida Forish tumani va Xorazm viloyatida Xazarasp tumanida). Ushbu qarorga asosan konservatsiya qilish bilan bog'liq barcha chora-tadbirlar, jumladan loyiha ishlab chiqish, uni ekspertizadan o'tkazish, tender savdolarini o'tkazish, qurilish – montaj ishlari va qurilish ishlarini nazorat qilib borish bilan bog'liq barcha harajatlar davlat byudjeti mablag'lari hisobidan moliyalashtirish amalga oshiriladi. Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun bugungi kunda davlat byudjeti hisobidan jami 17 mlrd. 500 mln. so'm mablag' ajratildi (shundan 12,0 mlrd. so'm 2015 yilda ajratilgan).

«O'zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining oʻrinbosari
Tug'ilgan yili va joyi: 1990-y., Toshkent shahri
Ma'lumoti: oliy, 2010-y. Toshkent kimyo-texnologiya instituti (2010-y.), Toshkent kimyo-texnologiya instituti (2012-y.), Bredford universitetning Menejment maktabi (2015-y.)
Fuqarolarni shaxsiy masalalar bo'yicha qabul qilish kunlari
Internet nashrlarida “Dehqonobod kaliy zavodi” qonunchilikka zid ravishda “tender o‘tkazdi” sarlavhasi ostida eʼlon qilingan maqola yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.
Prezident Shavkat Mirziyoyev kimyo sanoatidagi loyihalar ijrosi va tarmoqni diversifikatsiya qilish bo‘yicha rejalar taqdimoti bilan tanishdi.
“O‘zbekiston-2030” strategiyasida ekologik jihatdan xavfsiz va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilangan.
Bugungi kunda O’zbekiston taraqqiyoti, ishlab chiqaruvchi korxonalar, tadbirkorlik va investorlarga yaratilayotgan keng iqtisodiy va huquqiy qulayliklar nafaqat iqtisodiyot va sanoat, balki ilim-fan va ta’lim sohalarida ham Xorijiy hamkorlarni o’ziga tobora e’tiborini tortmoqda.
Bugun “Oʻzkimyosanoat” AJda Germaniya Federativ Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Dr. Tilo Klinner hamda Germaniyaning “The Linde Group” kompaniyasi vitse-prezidenti Thomas Hilkerlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Bugun 24 avgust kuni D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti Toshkent shahridagi filialining metematika fani bo'yicha birinchi kirish imtihoni O'zbekiston Milliy universiteti hududida bo'lib o'tdi. Imtihonlar 24-26-28 avgust kunlari uchta fan: matematika, kimyo va rus tili fanlari bo'yicha o'tkaziladi.
Kuni kecha O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida o'tkazilgan kimyo, agrotexnika va avtomobil sanoati korxonalarida ishlab chiqarish sur'atlarini ta'minlash hamda yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari bo'yicha videoselektor yig'ilishida mamlakatimiz kimyo sanoati mavjud quvvatlarni saqlab qolish bilan birga yangi ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish uchun barcha imkoniyatlardan to'liq foydalana olmayotganligiga tanqidiy baho berildi.