Yevgeniy Aleksandrovich Korjikov

"O'zkimyosanoat" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining o‘rinbosari

Tug'ilgan yili va joyi: 1968-y., Rossiya, Krasnoyarsk shahri

Ma'lumoti: oliy, Tomsk politexnika instituti (1994-y.).

Telefon: (998 71) 140 74 06

Elektron pochta: info@uzkimyosanoat.uz

Mehnat faoliyati

2020-y. – h.v. "O'zkimyosanoat" AJ boshqaruvi raisining o'rinbosari
2019-y. - 2020-y. "O'zkimyosanoat" AJ boshqaruvi raisining birinchi o'rinbosari
2017-2019-yy. "Navoiyazot" AJ boshqaruv raisining birinchi o'rinbosari – Ammiak va karbamid, polivinilxlorid, azot kislotasi ishlab chiqarishi qurilishi bo'yicha direktori
2016-2017-yy. "Navoiyazot" AJ ishlab chiqarish bo'yicha direktori v.b., ishlab chiqarish, investitsiyalar va ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish bo'yicha direktor o'rinbosari, ammiak va karbamid, polivinilxlorid, azot kislotasi ishlab chiqarishi qurilishi bo'yicha direktori
2015-2016-yy. "Navoiyazot" aksiyadorlik jamiyati muvofiqlashtirish va mahalliylashtirish bo'limi boshlig'i
2011-2015-yy. "Navoiyazot" AJ investitsiyalar bo'yicha boshqarma, keyinchalik departament boshlig'i
2009-2011-yy. "Navoiyazot" AJ texnika bo'limi boshlig'i v.b., «Ammiak va karbamid majmuasi qurilishi» loyihasini tatbiq etish bo'yicha byuro boshlig'i, kaustik soda, xlor va xlor mahsulotlari sexi boshlig'i
2000-2009-yy. "Navoiyazot" AJ III navbatdagi ammiak ishlab chiqarishning boshlig'i
1994-2000-yy. "Navoiyazot" ishlab chiqarish birlashmasi 60-tsex boshlig'i v.b, sex boshlig'i, 1-sex smena boshlig'i, 4-sex usta-texnologi, boshliq o'rinbosari
1986-1994 yy. "Navoiyazot" ishlab chiqarish birlashmasi ta'mirlash-mexanika sexi tokari, 2-sex apparatchi shogirdi, konversiya apparatchisi, smena ustasi

Funksional vazifalar

  • faol investitsiya siyosatini olib borish, loyiha ishlarini, ularni ekspertizasini takomillashtirish, tarmoqqa to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish;
  • tarmoqni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, unda taklif etilayotgan investitsiya loyihalarda zamonaviy yuqori texnologik va energiya jihatidan tejamkor texnolgiyalarni va jihoz-uskunalarni joriy etish;
  • investitsiya dasturi, qurilishlarning manzilli ro'yxati bajarilishini ta'minlash;
  • mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasiga hamda zamonaviy xalqaro tendensiyalarga muvofiq Jamiyat tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishning ustivor yo'nalishlarini belgilash;
  • Jamiyat ijro apparatidagi tarkibiy bo'linmalarining axborot resurslari va tizimlari xavfsizligini ta'minlash;
  • Jamiyat boshqaruvi organlar qarorlarini ijro etish va korporativ boshqaruvi Kodeksiga rioya qilish.

 

Fuqarolarni shaxsiy masalalar bo'yicha qabul qilish kunlari: seshanba, 10.00—12.00


So'nggi yangilash sanasi: 15.05.2023