O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tashabbuslari bilan 2016 yil sentabr oyida “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida qurilishi boshlangan “Ammiak va karbamid ishlab chiqarish” majmuasida barcha ishlar yakunlanib, 2020 yil 23 dekabr kuni ilk karbamid mahsuloti olindi.
Mazkur forumda “Maxam-Chirchiq” AJ, “Navoiyazot” AJ, “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ, “Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ QK, “Qizilqum fosforit kompleksi” MCHJ, “Ammofos-Maxam” AJ, "Farg'onaazot" AJ, "Birinchi rezinotexnika zavodi" MChJ XKlarda faoliyat yuritayotgan yosh kimyogar mutaxassislar, shuningdek, D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo texnologiyalari universitetining Toshkent shahridagi filiali, Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda Yangi Oʻzbekiston universiteti talabalari - jami 200 nafar yoshlar ishtirok etishmoqda.
Bugun "Kimyo sanoati yosh mutaxassislari" ilmiy-intellektual forumi oʻz ishini boshladi
“Xalq so'zi” saytida “Oʻzkimyosanoat” AJ tizimida xotin-qizlarga koʻrsatilayotgan eʼtibor haqida maxsus maqola e'lon qilindi.
“O‘zkimyosanoat” AJ ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishni integratsiya qilish orqali sifat va samaradorlikni oshirish borasida qator oliy ta’lim dargohlari va ilmiy tadqiqot muassasalari bilan faol hamkorlik olib bormoqda.
Nomzodga qoʻyiladigan talablar: 30 yoshdan 35 yoshgacha; Iqtisod, moliya, moliyaviy kredit, yurisprudensiya sohasida oliy maʼlumot; Moliya, iqtisod, audit, nazorat taftish, gʻaznachilik, davlat xaridlarini boshqarish va yurisprudensiya sohalari boʻyicha kamida besh yillik ish tajribasi (moliyaviy nazorat, gʻaznachilik va davlat xaridlari sohalarida ishlagan boʻlsa ustunlik beriladi); Moliyaviy nazorat, davlat xaridlari, komplayens nazorat, ishlab chiqarish bilan bogʻliq sohalarda kamchiliklarni tekshirish, aniqlash hamda tekshiruv natijalarini hujjatlashtirish, zamonaviy fikrlash, soha boʻyicha takliflar berish hamda ularni joriy etish; Oʻzbek tilini yozma va ogʻzaki nutq uchun erkin darajada bilishi shart. Rus va ingliz tillarini bilishi maʼqullanadi; Kompyuter savodxonligi, ofis dasturlarini mukammal bilish;
Sizlarni “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tizimida faoliyat ko'rsatayotgan barcha mehnat jamoasi nomidan “O'qituvchi va murabbiylar kuni” bilan muborakbod etamiz. Sizlarga sihat-salomatlik, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat va mas'uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz.
“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining Innovatsiya va yangi texnologiyalarni joriy etish boʻlimi vakillari Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Mikrobiologiya instituti bilan hamkorlik masalalari yuzasidan bevosita uchrashuv oʻtkazdilar.
Qiziqarli kimyo: 2023-yilda OSIRIS-REx missiyasi tomonidan Yerga olib kelingan Bennu asteroidi namunalari ilmiy jamoatchilikni hanuzgacha hayratga solmoqda. Nature Geoscience va Nature Astronomy jurnallarida chop etilgan uchta tadqiqotda keltirilgan yangi kashfiyotlar Quyosh tizimining kelib chiqishi va hayotning kimyoviy asoslarini yaxshiroq tushunishga yordam beradi.
I. Umumiy qoidalar 1.1. Mazkur Shaxsiy maʼlumotlarning himoya qilish va qayta ishlash siyosati (keyingi oʻrinlarda “Siyosat” deb yuritiladi) “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari toʻgʻrisida” gi va “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq tayyorlangan.