“O‘zkimyosanoat” AJ hamda “Navoiyazot”AJ oila va xotin-qizlar faollari tomonidan korxonaning polivinilxlorid, kaustik soda va metanol ishlab chiqarish majmuasi sexlarida faoliyat yuritayotgan xodimlar ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.
Jahon kimyo sanoati xabarlari: Buffalo universiteti mutaxassislari suv va havodan ammiak ishlab chiqarish imkonini beruvchi plazma-elektrokimyoviy reaktorni yaratishdi.
Prezidentimiz tomonidan maktab taʼlimini rivojlantirish biz uchun buyuk umummilliy maqsadga, umumxalq harakatiga aylanishi zarur degan muhim gʼoya ilgari surilgan. “Oʼzkimyosanoat” АJda ham ushbu gʼoyani hayotga tatbiq etish yuzasidan xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.
D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo texnologiya universiteti Toshkent shahri filiali talabalari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Mendeleyev kids and juniors” loyihasi 6 yoshdan 14 yoshgacha bolalar uchun moʻljallangan boʻlib, unda haqiqiy laboratoriyada tajribalar oʻtkaziladi.
D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo texnologiyalari universiteti Toshkent shahridagi filialida 2024-2025-oʻquv yili uchun kirish imtihonlari boʻlib oʻtdi.
2025-yilgi Davlat dasturi loyihasining BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI FAROVONLIGINI TAʼMINLASH yoʻnalishi boʻyicha koʻzda tutilayotgan muhim choralar: 2025-yil 1-apreldan boshlab chiqindilar utilizatsiyasi hisobiga hamda shamol va quyosh manbalaridan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun “yashil tarif”lar joriy etilishi belgilanmoqda.
Yaponiyalik bir guruh olimlar atrof-muhit uchun xavfsiz boʻlgan biopolimer - tabiiy sellyuloza asosida shaffof plyonka ishlab chiqdi.
Joriy yilning 12-iyun kuni “Oʻzkimyosanoat” AJ tizim korxonalari uchun muqobil elektr energiya bilan taʼminlash va ishlab chiqariladigan tovar mahsulotlarni tannarxini pasaytirish maqsadida Xitoy Xalq Respublikasining “Sinoma EC International Investment Co. Ltd” kompaniyasi bilan muzokaralar oʻtkazildi.
Muloqot davomida yigit-qizlarning takliflari o‘rganildi. Mutaxassislar malakasini oshirish, ularning ilmiy izlanishlari uchun imkoniyat yaratish borasidagi fikrlari tinglandi. Tarmoq korxonalari bilan hamkorlikda tashkil etiladigan tadbirlar natijadorligi xususida so‘z bordi.
"Maxam-Chirchiq" aksiyadorlik jamiyatida "Yong‘in xavfsizligi oyligi" doirasida tadbir tashkil etildi.