"Yong‘in xavfsizligi oyligi" doirasida tadbir tashkil etildi

// 15.12.2023 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (891.37 KB)

"Maxam-Chirchiq" aksiyadorlik jamiyatida "Yong‘in xavfsizligi oyligi" doirasida tadbir tashkil etildi.

Xabaringiz bor yurtimiz bo'ylab favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo'yicha 15-noyabrdan 15-dekabrga qadar "Yong‘in xavfsizligi oyligi" e'lon qilingan. 

Bugun "Maxam-Chirchiq" AJ ishchi-xodimlari uchun targ'ibot va tashviqot tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbirni "Maxam-Chirchiq" AJ boshqaruvi raisi-Saydaxmedov Xotam Anvarovich  ochib berdi.

Tadbirda Jamiyat ishchi-xodimlari uchun favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda uni bartaraf etish, jabrlanganlarni qutqarish,  birinchi tibbiy yordam ko'rsatish, sodir bo'lgan yong'inni o'chirish bo'yicha o‘quv mashqlari hamda texnikalar namoyishi bo'lib o'tdi.


So'nggi yangilash sanasi: 15.12.2023