Sayyor qabul tashkil etildi

// 13.11.2024 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (635.31 KB)

“O‘zkimyosanoat” AJ hamda “Navoiyazot”AJ oila va xotin-qizlar faollari tomonidan korxonaning polivinilxlorid, kaustik soda va metanol ishlab chiqarish majmuasi sexlarida faoliyat yuritayotgan xodimlar ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi. 

Unda bir guruh soha fidoyilari munosib taqdirlandi. 

Shuningdek, yakka tartibdagi murojaatlar tinglanib, ularga ijobiy yechim topish borasida aniq vazifalar belgilandi.

Korxonaning nitrat kislotasi ishlab chiqarish sexida yoshlar bilan muloqot o‘tkazildi. 

Unda jamiyatda yigit-qizlar uchun yaratilgan imkoniyatlarga e’tibor qaratildi. Yangi quvvatlarda ish olib borayotgan mutaxassislar uchun yaratilgan munosib mehnat sharoitlari o‘rganildi, taklif, fikr-mulohazalar tinglandi. Soha vakillari oldida turgan muhim vazifalar xususida so‘z yuritildi. 

Yosh kimyogarlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

"NAVOIYAZOT"AJ AXBOROT XIZMATI

 


So'nggi yangilash sanasi: 13.11.2024