1. EMITeNTNING NOMI To'liq: “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Qisqartirilgan: “O'zkimyosanoat” AJ Birja tikerining nomi: Yo'q 2.
Joriy yilning 11-dekabr kuni “Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparki faoliyati, unda ayni paytga qadar amalga amalga oshirilgan loyihalar va kelgusi rejalariga bagʻishlangan matbuot anjumani tashkil etildi. Tadbirda Texnopark rahbariyati, rezidentlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 apreldagi PQ-4265-sonli «Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qaroriga muvofiq «Farg'onaazot» AJ ustav kapitalining 51 foiz miqdoridagi aksiya paketi sotilishi nazarda tutilgan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 27 iyun kuni Toshkent shahrida videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda 2017 yil birinchi yarim yilligida eksport dasturining ijrosi, mahalliy mahsulotlarni yangi xorijiy bozorlarga sotish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining eksport faoliyatini yanada qo'llab-quvvatlash, qishloq xo'jaligi va sanoat mahsulotlarini eksportga yo'naltirish bo'yicha ko'rilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi ko'rib chiqildi.
“Jizzax plastmassa” AJ ustav kapitalidagi har birining nominal qiymati 3 065 so‘m bo‘lgan, umumiy qiymati 13 045 424 640 so‘mlik, 85,83 foiz yoki 4 256 256 dona egasining nomi yozilgan hujjatsiz oddiy aksiyalari egasiga aylangan “O‘zkimyosanoat” AJ O‘zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 40-moddasiga asosan “Jizzax plastmassa” AJning qolgan aksiyalar egalariga aksiyalarni bozor qiymati bo‘yicha sotib olish borasidagi taklifini ma’lum qiladi. Aksiyadorlar o‘ziga tegishli aksiyalarini sotish to‘g‘risidagi yozma roziligini mazkur e’lon joylashtirilgan kundan e’tiboran o‘ttiz kun ichida “Jizzax plastmassa” AJning quyidagi manziliga yuborishlarini so‘raymiz.
“Oʻzkimyosanoat” AJ Oʻzbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 20-moddasiga muvofiq Sizga quyidagilarni maʼlum qiladi.
Jamiyat aksiyadorlarining 2024-yil 5-sentabrdagi navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida jamiyat aksiyadori – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga tegishli umumiy nominal qiymati 25 439 825 260 so‘m bo‘lgan 22 218 188 dona egasining nomi yozilgan hujjatsiz oddiy aksiyalarni qisqartirish (bekor qilish) yo‘li bilan jamiyatning ustav fondini 3 352 228 756 080 so‘mdan 3 326 788 930 820 so‘mga kamaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Xotin-qizlarning har tomonlama yetuk mutaxassis boʻlib kamol topishiga boʻlgan intilishlarini qoʻllab-quvvatlash, iqtidorli xotin-qizlarning ixtirochilik va innovatorlik salohiyatini aniqlash, ular orasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish hamda innovatsion gʻoya, loyiha va texnologiyalarini ishlab chiqarish maqsadida har yili “Oʻzkimyosanoat“ AJ tarmoq korxonalarida faoliyat yuritayotgan 50 yoshgacha boʻlgan mutaxassis xotin-qizlar oʻrtasida “Eng faol innovator ayol” koʻrik-tanlovi oʻtkaziladi.
Joriy yilning birinchi yarmida mamlakatimizda iqtisodiy rivojlanishga qaratilgan muhim loyihalar amalga oshirildi. Jumladan, “Oʻzkimyosanoat” AJ tarmoq koxonlarida yanvar-iyun oylarida jami 282,4 million dollar investitsiyalar oʻzlashtirildi va reja 100,5 foizga bajarildi.
“O‘zkimyosanoat” AJ ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishni integratsiya qilish orqali sifat va samaradorlikni oshirish borasida qator oliy ta’lim dargohlari va ilmiy tadqiqot muassasalari bilan faol hamkorlik olib bormoqda.