“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati ustav fondini kamaytirish toʻgʻrisida xabarnoma

“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati ustav fondini kamaytirish toʻgʻrisida xabarnoma

KREDITORLAR DIQQATIGA!

“Oʻzkimyosanoat” AJ Oʻzbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 20-moddasiga muvofiq Sizga quyidagilarni maʼlum qiladi.

“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati yagona aksiyadorlarining 2023 yil 27-fevraldagi 3-son qaroriga asosan yagona aksiyadorga tegishli umumiy nominal qiymati 279 685 715 soʻm boʻlgan 244 267 dona egasining nomi yozilgan hujjatsiz oddiy aksiyalarni bekor qilish yoʻli bilan jamiyatning ustav fondi 904 343 636 650 (toʻqqiz yuz toʻrt milliard uch yuz qirq uch million olti yuz oʻttiz olti ming olti yuz ellik) soʻm miqdoridan 904 063 950 935 (toʻqqiz yuz toʻrt milliard oltmish uch million toʻqqiz yuz ellik ming toʻqqiz yuz oʻttiz besh) soʻmga kamaytirildi.

Kreditorlar oʻzlariga bildirish yuborilgan sanadan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay jamiyatdan oʻz majburiyatlarini muddatidan oldin bajarishini va ustav fondi kamaytirilishi bilan bogʻliq zararlarning oʻrnini qoplashini talab qilishga haqli.

Qoʻshimcha maʼlumotlarni olish uchun:

Manzil: Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Navoiy koʻchasi, 38-uy.

Telefon: (+99878)140-74-08, (+99878)140-74-70.

E-mail: info@uzkimyosanoat.uz

INN: 200 621 367.


So'nggi yangilash sanasi: 28.02.2023