“Ammofos-Maxam” AJ hududida zamonaviy sulfat kislotasi ishlab chiqarish zavodi ishga tushish arafasida. “Almalyk Sulphuric Acid” MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan ushbu loyiha O‘zbekiston kimyo sanoatining rivojlanishiga xizmat qiladi.
Jahon kimyo sanoati xabarlari: 2024-yil natijalariga koʻra, mikroblarga qarshi xususiyatlarga ega plastiklar bozori 42,2 milliard dollarga baholandi. 2035-yilga kelib uning hajmi ikki baravardan oshib, 90,6 milliard dollarga yetishi mumkin.
"Dehqonobod kaliy zavodi" AJda "O‘zkimyosanoat" AJ boshqaruvi raisi maslahatchisi Sanobar Abdurahmonova, Dehqonobod tumani hokim o'rinbosari M.Yo'ldosheva va jamiyat ishchi-xodimlari ishtirokida "Jaholatga qarshi ma'rifat" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Bugun “Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QK bosh direktori Jahongir Mustafayev mas'ullar bilan birgalikda korxonadan 250 km uzoqlikdagi “Jamansay” karyerida bo'ldi.
Aziz OTM talaba qizlari, bo'lajak kimyogarlar! Biz mamnuniyat bilan Respublika Kimyo Girls olimpiadasiga ishtirokchilar uchun qabul ochilganini e'lon qilamiz!
“Oʻzkimyosanoat” AJda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki koʻmagida ERM kompaniyasi maslahatchisi Yuliya Dobrolyubova tomonidan jamiyatda “Korporativ iqlim boshqaruvi” mavzusida ikki kunlik seminar oʻtkazildi.
Ushbu amaliyot dasturi “Oʻzkimyosanoat” AJ hamda Dallasdagi Texas universiteti materialshunoslik yoʻnalishi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Shuningdek, talabalarning amaliyot bilan bog'liq xarajatlari "O'zkimyosanoat" AJ tomonidan qoplab berildi.
Unda “Oʻzkimyosaoat” AJ Korrupsiyaga qarshi kurashish va Komplayens boshqarmasi boshligʻi O.Mirtemirov, boshqarma boshligʻi oʻrinbosari J.Zikirov hamda boshqaruv raisining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi S.Abduraxmanovalar maʼruza qilishdi.
Facebook ijtimoiy tarmogʻida “Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi yigʻilishning 17-son bayoni ijrosi “Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan bajarilmayotganligi to‘g‘risida asoslanmagan postlar eʼlon qilindi. Holat yuzasidan “Oʻzkimyosanoat” AJ quyidagilarni maʼlum qiladi.
“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati xotin-qizlar boshlangʻich tashkiloti raisi S.Abduraxmanova boshchiligida tarmoq korxonalari xotin-qizlar boshlangʻich tashkiloti raislari hamda Xotin-qizlar kengashi aʼzolari ishtirokida onlayn muloqot oʻtkazildi.