D.I.Mendeleyev nomidagi RKTUning Toshkent shahridagi filiali talaba qizlari o‘rtasida “Vatan mehri yuragimda” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi

// 07.12.2022 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (443.67 KB)

Seminar doirasida filial talaba qizlarini oilaga tayyorlash, ularni Vatanga muhabbat, ezgulik, rahmdillik, halollik, mehnatsevarlik, tadbirkorlik va fidoyilik singari xalqimizning koʻp asrlik anʼanalarini hurmat qilish ruhida tarbiyalash, qizlar ongida insoniylik fazilatlarni shakllantirish orqali jamiyat oldidagi masʼuliyatini his qiladigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, kattalarga va yosh avlod vakillariga hurmat, Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash ishlariga munosib hissa qoʻshib kelayotgan tashabbuskor, shijoatli qizlarni kashf etish, ularni munosib taqdirlash va ragʻbatlantirish, ijobiy tajribalarni ommalashtirish maqsadida “Vatan mehri yuragimda” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi. Tanlovda to‘rt nafar talaba qiz to‘rtta shart asosida bellashdi.

         Tanlov quyidagi shartlar asosida o‘tkazildi:

  •  1-shart. Tarixiy malikalar siymosini yaratish sharti. Mazkur shartda qizlar  oʻzlarini sanʼat turlari (milliy raqs, sheʼr, qoʻshiq, xalq oʻyinlari)ni qoʻllagan holda tanishtirdi.
  • 2-shart. “Agar men ...........boʻlganimda!”  sharti. Talaba qizlar hokim, rektor, rahbar, vazir, senator va hakozo boʻlganlarida qanday islohotlarni amalga oshirgan boʻlardilar? Taklif va fikrlarini prezentatsiya orqali namoyon qilishdi. Qizlarning yangi gʻoyalarining optimalligi va mavzuning dolzarbligiga qarab prizentatsiyalar  baholandi.
  • 3-shart. “Mevalarni bezash sanʼati” sharti. Qizlar mevalarni turli koʻrinishlarda yasatishdi.
  • 4-shart. Erkin mavzu. “Vatan mehri yuragimda” madhi. Qizlar Vatanni ulugʻlovchi kuy-qoʻshiqlar, sheʼr, monologlar ijro qildi.

Mazkur tanlovning o‘tkazilishi, talaba qizlarning keng fikrli hamda tashabbuskorligi seminar ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.