2013 yil yanvar-iyun oylarining yakunlari bo'yicha “O'zkimyosanoat” DAK korxonalari faoliyati to'g'risida

// 21.07.2013 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (32.09 KB)

2013 yilning birinchi yarim yilligi yakunlari bo'yicha “O'zkimyosanoat” korxonalarida 873,3  mlrd. so'mlik mahsulot hamda 56,8 mlrd.so'mlik xalq iste'mol tovarlari ishlab chiqarilib, mahsulot ishlab chiqarishning o'sish sur'ati 100,1%-ni tashkil qildi.

588,43 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 448,79 ming tonna azotli o'g'itlar, 79,96 ming tonna fosforli o'g'itlar va – 59,68 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.

Mahsulot eksporti prognozga nisbatan 130,7%-ni tashkil etdi.

Mahalliylashtirish dasturiga muvofiq 2013 yil yanvar-iyun oylarida 188,4 mlrd.so'mlik mahsulot ishlab chiqarildi va prognoz 101,2% -ga bajarildi.

2013 yil Investitsion dasturiga kiritilgan loyihalarni bajarish doirasida “O'zkimyosanoat” DAK korxonalari tomonidan 79,24 mln.dollar hajmida investitsiyalar o'zlashtirildi

Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsion birjada tuzilgan shartnomalarga binoan 88,7 mlrd.so'mlik mahsulot kompaniya korxonalari tomonidan sotib olindi va prognoz 121% -ga bajarildi.

163 yangi ish o'rni, shu jumladan kasanachilik asosida 49 ish o'rni yaratildi.

Xududiy «Qishloqxo'jalikkimyo» aksiyadorlik jamiyatlaridagi mavjud texnikalar yordamida qishloq xo'jaligi korxonalariga 2013 yil yanvar-iyun oylari davomida 19915,4 mln.so'mlik agrokimyoviy xizmatlar ko'rsatildi. Jumladan: 1066,3 mln.so'mlik 62,9 ming tonna kompost tayyorlandi va sotildi, 140,8 ming tonna organik va 358 ming tonna mineral o'g'itlar fermer xo'jaliklari ekin maydonlariga yetkazib berildi. 105 ming gektarga mineral o'g'itlar sepib berilib, 835,4 ming gektar g'alla va paxta maydonlarida suspenziya tadbirlari o'tkazildi.

“O'zkimyosanoat” DAK
matbuot xizmati


So'nggi yangilash sanasi: 08.10.2024