"Yashil_belbog'" va "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida "Maxam-Chirchiq" aksiyadorlik jamiyati hududida gulchilik va ko‘chatchilikni parvarishlash hamda yetishtirish maqsadida Qurilish ta'mirlash va xo'jalik boshqarmasi tomonidan kashtan, archa, terak, tol va jiyda ko'chatlari qalamcha yo'li bilan yetishtirilmoqda.
“Navoiyazot” AJda suvni zararsizlantirish uchun xlor tabletkalar ishlab chiqarish texnologiyasi yaratildi va ularni ishlab chiqarish uchun sanoat - tajriba qurilmasi yasaldi. Mahsulotning sinov partiyasi ishlab chiqarildi va hozirda tegishli normativ hujjatlar va tavsiyanomalar tayyorlash ustida ish olib borilmoqda. Xlor tabletkalaridan ichish va texnik suvni zararasizlantirish, suzish havzalarni,sanitar-taxnik uskunalarni tozalash uchun foydalanish mumkin.
“Maksam-Chirchiq” AJda suyuq azot-kaltsiy-magniyli o'g'itni ishlab chiqarish texnologiyasi yaratildi va mahsulotning tajriba partiyasi ishlab chiqarildi. Xom-ashyo sifatida dolomit, azot kislotasi va karbamid xizmat qiladi. Ushbu o'g'it g'alla, oziqa o'simliklar, sabzavot va mevalar yetishtirish uchun ishlatiladi. Hozirgi vaqtda respublika Fanlar Akademiyasining umumiy va noorganik kimyo Institutida mazkur o'g'it agrokimyoviy sinovlardan o'tkazilmoqda.
Zahiriddin Muhammad Bobur - nafaqat oʻzbek mumtoz adabiyotida, balki jahon adabiyotida ham oʻz oʻrniga ega boʻlgan buyuk shoirlarimizdan biri. Qisqa umri davomida u nasr va nazmda ham birdek asarlar bitib, barakali ijod qilgan. Uning tarixchi olim, zukko adib va dilbar shoir sifatida qoldirgan adabiy merosi bebahodir. Uning birgina "Boburnoma" yirik asari dunyoning koʻplab tillariga tarjima qilingan va bu ishlar hamon davom etmoqda.
2023-yilning 10-mart kuni “Oʻzkimyosanoat” AJ tashabbusi bilan Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi malakali mutaxassislari tomonidan Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar va prekursorlar toʻgʻrisidagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro Konvensiyasi
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida ijro intizomini yaxshilash, topshiriqlar bajarilishini sifatliligini oshirish va qog'ozdagi hujjat almashinuvini kamaytirishga qaratilgan dasturlarga asosan, ko'p yillar davomida elektron hujjatlar va hisobotlar almashinuvining turli ko'rinishlari va metodlarini joriy qilish bo'yicha ishlar olib borilmoqda.
“Oʻzkimyosanoat” AJ, D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahri filiali hamda Ilm-fan va taʻlim-tarbiyani rivojlantirish xalqaro “Ziyo Forum” fondi tomonidan anʼanaviy “Kimyo girls” respublika olimpiadasining navbatdagi gʻolibalari aniqlandi.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Boshqaruv raisining tizimdagi korxona va tashkilotlarning yoshlar yetakchilari bilan uchrashuvi tashkil etildi. Videokonferentsiya orqali o'tkazilgan uchrashuvda “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxona va tashkilotlar yoshlar yetakchilari, korxona rahbar-xodimlari va faol yoshlar ishtirok etdi.
Mamlakatimiz Prezidenti tashabbusi bilan joriy etilgan “Mahallabay” ishlash tizimiga muvofiq “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Yashnobod tumanining 9 ta mahalla fuqarolar yig'ini hududlarida qurilish-ta'mirlash, obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirib kelinmokda.
Har bir til tarixiy taraqqiyot natijasida boyib boradi. Mazkur jarayon tilning o'z ichki imkoniyatlari asosida va boshqa tillardan so'z o'zlashtirish orqali yuz beradi. Mamlakatlar va xalqlar o'rtasida ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-madaniy munosabatlarning kuchayishi, ayniqsa, bir-biriga qo'shni xalqlarning o'zaro aloqalari natijasida bir tildan boshqasiga yangi tushunchalarni ifoda qilgan so'z-atamalar qabul qilinadi. Bugungi globallashuv zamonida bu jarayon yanada kuchaydi.