Yashnobod tumanida “Mahallabay” ishlash tizimi orqali amalga oshirilayotgan ishlar o'z samarasini ko'rsatmoqda

// 12.05.2021 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (920.41 KB)

Mamlakatimiz Prezidenti tashabbusi bilan joriy etilgan “Mahallabay” ishlash tizimiga muvofiq “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Yashnobod tumanining 9 ta mahalla fuqarolar yig'ini hududlarida qurilish-ta'mirlash, obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirib kelinmokda.

Jumladan, biriktirilgan mahallalarning arxitektura qiyofasini yangilash va hududlarni obodonlashtirish yuzasidan manzilli dastur ishlab chiqildi va har bir mahalla hududida bolajonlar uchun Bolalar maydonchasini qurish ishlari davom etmoqda. Bayram arafasida “Semurg'”, “Cho'lpon” va “Boyqo'rg'on” mahallalarida Bolalar maydonchasi foydalanishga topshirildi.

Muborak Ramazon oyi va 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan 208 nafar ijtimoiy himoyaga muxtoj fuqarolarga jumladan, boquvchisini yo'qotgan oilalarga, yolg'iz keksalarga, kam ta'minlangan oilalar, II jahon urushi qatnashchilari va mehnat faxriylariga bayram sovg'alari taqdim etildi.

Shuningdek, “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Yashnobod tuman hokimligi va mahalla fuqarolar yig'inlari bilan hamkorlikda “Mahallabay” ishlash tizimi orqali 658 nafar fuqaro “Temir daftar”dan, 82 nafar xotin-qizlar “Ayollar daftar”idan va 466 nafar yoshlar “Yoshlar daftar”idan chiqarildi va ish bilan ta'minlandi.

“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati