“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida ijro intizomini yaxshilash, topshiriqlar bajarilishini sifatliligini oshirish va qog'ozdagi hujjat almashinuvini kamaytirishga qaratilgan dasturlarga asosan, ko'p yillar davomida elektron hujjatlar va hisobotlar almashinuvining turli ko'rinishlari va metodlarini joriy qilish bo'yicha ishlar olib borilmoqda.
Shu jumladan, “Unicon-soft” MChJning mutaxassislari bilan hamkorlikda Ijro intizomi nazorati yagona tizimining imkoniyatlarini o'rganish bo'yicha seminar tashkil qilindi.
Seminar davomida Yagona tizimning kiruvchi va chiquvchi hujjatlarni ro'yxatga olish va ko'rib chiqish, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash, hujjatlar ijro jarayonining monitoringi va nazoratini amalga oshirish hamda xar bir ijrochi doirasida hujjatlar holati bo'yicha operativ hisobotlar shakllantirish kabi imkoniyatlari o'rganilib chiqildi.