“Oʻzkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarida “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili”da ekologik barqarorlikni oshirish hamda muammolarni hal etish maqsadida Jamiyatning Texnik jihatdan tartibga solish va ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish departamenti Ekologiya va “yashil” iqtisodiyot boʻlimi xodimlari 1-2-may kunlari “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda boʻlishdi.
Bugun "Adiblar xiyoboni"da hazrat Mir Alisher Navoiy bobomiz tavalludining 583 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
Korjikov Yevgeniy Aleksandrovich “Oʻzkimyosanoat” AJ Boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
AJ tizimdagi 3 ta tashkilotda korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi (ISO 37001:2016) joriy etildi;
9-aprel - yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi, sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun.
Kuni-kecha "Kimyogarlar" madaniyat saroyida jamiyat ishchi-xodimlarining ijodiy iste’dodlarini oshirish hamda yuzaga chiqarish maqsadida “Qalbga yaqin satrlar” qo'shiqchilik ko'rik-tanlovi tashkil etildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan davlat organlari va tashkilotlari, jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining 2023-yil davomidagi faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qilingan ishlarning qay darajada samarali amalga oshirilganligini reyting baholash natijalari e'lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2024-yil 20-iyun sanasida muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yigʻilishidagi topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida kuni kecha “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda Jamiyat rahbariyati, mutaxassislar hamda oliygohlarning bitiruvchi talaba yoshlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Toshkent viloyati Nurafshon shahrida Chirchiq kimyo-industrial texnoparkining yangi sanoat maydonini qurilish ishlariga start berildi.
“Oʻzbekiston 24” telekanalida “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparki faoliyati va “Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan OAV uchun texnoparkka tashkil qilingan press-tur haqida maxsus reportaj efirga uzatildi.