“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida yoshlar bilan uchrashuv o'tkazildi

// 22.01.2021 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (210.84 KB)

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Boshqaruv raisining tizimdagi korxona va tashkilotlarning yoshlar yetakchilari bilan uchrashuvi tashkil etildi. Videokonferentsiya orqali o'tkazilgan uchrashuvda “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxona va tashkilotlar yoshlar yetakchilari, korxona rahbar-xodimlari va faol yoshlar ishtirok etdi.

Uchrashuvda Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yilida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar muhokama qilindi va yoshlar yetakchilarining takliflari tinglandi. Mamlakatimiz kimyo sanoati va tizimdagi korxonalar faoliyatini yanada rivojlantirish borasida yoshlar yetakchilari tomonidan bildirilgan takliflar qo'llab-quvvatlandi va korxona rahbarlariga tegishli ko'rsatmalar berildi.

Shuningdek, yoshlar o'rtasida kimyo faniga qiziqishni yanada rivojlantirish va kimyo sanoatida amalga oshirilayotgan islohatlarni yoshlar orasida keng targ'ib qilishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi.

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati yoshlar yetakchilari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o'rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutida malaka oshirishlari bo'yicha tavsiyalar berildi.

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan tizimdagi korxona-tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan yoshlarning murojaatlarini qabul qilish maqsadida telegram ijtimoiy tarmog'ida bot tashkil etildi. Yoshlar o'z taklif va muammolarini @uzkimyosanoat_yoshlari_bot manzili orqali yozib qoldirishlari mumkin.

“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati