Prezidentimizning “Kambag‘allikdan farovonlik sari” tashabbusi va PQ-330-sonli qaror mamlakatimizda aholi farovonligini oshirish, shuningdek “Inson qadri uchun” tamoyilini hayotga chuqur singdirish yo‘lida muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.
“Navoiyazot” AJ xodimlarining iqtidor va qobiliyatini yuzaga chiqarish, ular qalbida ajdodlarga bo‘lgan hurmatni shakllantirish, barkamol avlodni voyaga yetkazishdagi mas’uliyatini yanada oshirish maqsadida tashkil etilgan “Alisher Navoiy va Bobur merosi beqiyos ma’naviy xazinadir” ko‘rik-tanlovi yuqori saviyada tashkil etildi.
“Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi Timur Muxamedjanov Parkent tumani mahallalarida istiqomat qiluvchi, alohida e'tiborga muhtoj “ogʻir” toifadagi yoshlar bilan uchrashdi.
Zahiriddin Muhammad Bobur haqida so‘z ketganda, hamisha shoh va shoir degan ta’rifga duch kelamiz. Ularning birini ikkinchisidan ustun qo‘yib bo‘lmasligini yaxshi bilamiz. Shoh va shoir Bobur degan bu ifodaga allaqachon o‘rganib bo‘lganmiz. Hamma gap qismatga bitilgan mana shu shohlik va shoirlikda ekanini ham tushunamiz.
Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan joriy yilning oʻtgan davrida amalga oshirilgan ishlar, istiqboldagi vazifalar” mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.
“Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan fermerlar va dehqon xoʻjaliklari vakillari ishtirokida Qashqadaryo viloyatida “Mineral oʻgʻit - moʻl hosil garovi” mavzusida amaliy seminar oʻtkazildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida eʼlon qilingan loyihalar tanlovining 44 turida filologiya, pedagogika va psixologiya fanlari yoʻnalishi boʻyicha “Kimyo atamalarining izohli lugʻatini yaratish” mavzusida bajarilishi bir yilga moʻljallangan amaliy loyihalar tanlovi doirasida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazining tilshunos olimlari, “Oʻzkimyosanoat” AJ xodimlari va kimyo sohasi mutaxassislardan iborat ilmiy jamoa tomonidan amaliy loyiha tayyorlandi.
“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati hamda Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamkorligida 2022-yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, tasdiqlandi. Bunga koʻra, Korrupsiyaga karshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda tomonlarning kelishuviga asosan nazorat tadbirlari tashkil qilinadi, “Taraqqiyot strategiyasi” doirasida har yili qabul qilinadigan Davlat dasturlarida korrupsiyaga qarshi kurashishda davlat siyosatining eng ustuvor yoʻnalishlarini belgilash, kimyo sanoati sohasidagi korrupsiyaviy holatlarni bartaraf etish boʻyicha tegishli takliflar hamkorlikda ishlab chiqiladi, Jamiyat tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasini yanada takomillashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarda korrupsiyaga olib keluvchi omillarni bartaraf etish yuzasidan bildirilgan takliflarni qonunchilikka kiritish boʻyicha tegishli choralar koʻriladi.
Fotoelektr stansiya shahar elektr tarmoqlari tizimiga ulangan bo`lib, “O`zkimyosanoat” AJning elektr energiyasiga bo`lgan ehtiyojini qoplaydi va ortgan elektr energiyasini to`g’ridan-to`g’ri shahar elektr tarmoqlari tizimiga yetkazib beradi. Shu bilan birga, dam olish va bayram kunlari ishlab chiqariladigan elektr energiyasi shahar elektr tarmoqlari tizimiga realizatsiya qilinadi.
“O'zkimyoimpeks” MChJ mas'ul xodimlari va mutaxassislaridan iborat ishchi guruhi mamlakatimiz kimyo sanoati korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning eksport salohiyatini yanada kengaytirish hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 avgustdagi “Kimyo sanoati tashkilotlarining eksport-import faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-3246-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Ozarbayjon Respublikasida xizmat safarida bo'lib qaytdi.