O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori, 23.01.2004y. №33
Yangiyo‘l tumani “Tinchlik” kichik sanoat zonasida “Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi” boshlandi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad yirik tarmoq korxonalariga mahalliy kichik va xususiy biznes korxonalari tomonidan import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni yetkazib berishda kooperatsiya aloqalarini tashkil etishdir.
Joriy yilning 27-may - 1-iyun kunlari “Oʻzkimyosanoat” Aksiyadorlik jamiyati, tizim korxonalari hamda Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi bilan hamkorlikda Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohida” “Kimyo sanoati yosh mutaxassislari” ilmiy-intellektual xakatoni boʻlib oʻtdi. Mazkur xakaton “Barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot” kimyo haftaligi doirasida oʻtkazildi.
“Navoiyazot” AJ o`z ish faoliyatida O`zbekiston Respublikasining amaldagi Qonunlari, farmonlari hamda barcha me’yoriy-huquqiy hujjatlaridan kelib chiqqan holda korxonaning atrof-muhitga zararli ta’sirini kamaytirish bo`yicha muntazam ravishda tizimli va maqsadli ishlarni olib boradi. Shu bilan birga “Navoiyazot” AJdan atmosferaga tarqaydigan chiqindilar va oqava suv chiqindilari korxonaning ekologik tahlil (sanitariya) labaratoriyasi tomonidan doimiy nazoratga olingan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 10-iyun kuni qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishni kengaytirish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi. Mamlakatimizda inson qadrini ulugʻlash barcha ishlarda ustuvor tamoyil etib belgilangan.
Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari U.Sharifxadjaev, “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi J.Mirzamahmudov, O'zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vaziri o'rinbosari Ya.Abdulxakov, “Kitob markazi - Kitob dunyosi” tarmoq savdo markazlari muassisi, jurnalist Sh.Axundjanov, Xalqaro fan olimpiadasi g'oliblari va ommaviy axborot vositasi vakillari ishtirok etdi.
Ijtimoiy tarmoqdagi kanallarning birida “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi “Navoiyazot” AJ faoliyatiga daxldor masala yuzasidan e'lon qilingan maqola bo'yicha “O'zkimyosanoat” AJ quyidagilarni ma'lum qiladi.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida tashkil etilgan press-tur davomida malakali mutaxassislar tadbir ishtirokchilariga korxona faoliyati va ishlab chiqarilayotgan maxsulot turlari haqida ma'lumot berdi.
Bugun, 17 yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 apreldagi “Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish to'g'risida”gi PQ-4265-sonli Qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlarga bag'ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.
Abu-Dabi shahridagi “Qasr al-Vatan” saroyida O'zbekiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo'ldi.