 |
«O'zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o'rinbosari
Tug'ilgan sana va joy: 1977-y., Samarqand viloyati
Ma'lumot: oliy, Toshkent kimyo-texnologiya instituti (1999 y.). Bakalavr: “Kimyoviy texnologiya va biotexnologiya”. Magistr: “Neft va gazni qayta ishlash va uning kimyoviy texnologiyasi” (2005-y.))
Telefon: (998 71) 140 74 08
Elektron pochta: info@uzkimyosanoat.uz
|
Mehnat faoliyati
2020 - h.v. |
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o'rinbosari |
2019 - 2020-yy |
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi |
2015-y. – 2019-y. |
«O'zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining chuqur qayta ishlash bo'yicha o'rinbosari |
2014 - 2017-yy. |
«O'zneftgazqazibchiqarish» aksiyadorlik jamiyatiga qarashli «Sho'rtan gaz kimyo majmuasi» unitar sho'ba korxonasi direktori |
2012 - 2014-yy. |
«O'zbekiston GTL» MChJ qo'shma korxonasi texnik menejeri o'rinbosari |
2000 - 2012-yy. |
«O'zneftgazqazibchiqarish» aksiyadorlik kompaniyasiga qarashli «Sho'rtan gaz kimyo majmuasi» unitar sho'ba korxonasi smena muhandisi, bosh texnolog o'rinbosari, bosh mutaxassis, taraqqiyot xizmati yetakchi muhandis-texnologi, xizmat boshlig'i |
1995-2005-yy. |
«O'zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasiga qarashli «Sho'rtangaz» gaz-sanoat boshqarmasi kondensatni barqarorlashtirish sexi kuzatuvchisi |
Funksional vazifalar
- ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, yangilarini barpo etishga qaratilgan tarmoq korxonalarining barqaror va mutanosib rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- kimyo korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxi va ishlab chiqarish xarajatlar darajasiga ta'sir qiluvchi omillarni chuqur tahlil etish, zamonaviy energiya va resurslarni tejovchi texnologiyalar va uskunalarni hamda eng yangi elektron-axborot boshqarish tizimlarni jalb etish hisobiga mahsulot tannarxini va ishlab chiqarish xarajatlarini tubdan qisqartirish bo'yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish;
- tarmoq korxonalarining xavfsiz faoliyatini, ularda yuqori qo'shimcha qiymati va talabga ega sifatli kimyo mahsulotlarni ishlar chiqarilishini ta'minlash maqsadida ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash, mahalliy madaniy va xom ashyo resurslarni chuqur qayta ishlash, tizimda zamonaviy yuqori texnologik jihoz-uskunalarni va innovatsion texnologiyalarni joriy etishga mo'ljallangan yagona texnik siyosatni olib borish;
- sanoat xavfsizligi, mehnatni va atrof-muhitni muhofaza qilish bo'yicha maqsadli chora-tadbirlarni va ishlab chiqarish dasturlarni bajarish;
- zamonaviy raqobatbardosh innovatsion texnologiyalar, mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga, energiya va resurslar sarfini hamda ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga qaratilgan ilmiy, shu jumladan, tarmoqlararo izlanishlarni qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish.
Fuqarolarni shaxsiy masalalar bo'yicha qabul qilish kunlari: seshanba, 09.00—11.00