Bugun, 17 yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 apreldagi “Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish to'g'risida”gi PQ-4265-sonli Qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlarga bag'ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining 2020 yilgi faoliyati yakunlari va 2021 yilda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ustuvor vazifalar taqdimoti yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.
КУН ТАРТИБИ: “O‘zkimyosanoat” AJning yangi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash. “O‘zkimyosanoat” AJning korrupsiyaga qarshi siyosatini tasdiqlash. Yuklab olish
Joriy yilning 27-may - 1-iyun kunlari “Oʻzkimyosanoat” Aksiyadorlik jamiyati, tizim korxonalari hamda Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi bilan hamkorlikda Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohida” “Kimyo sanoati yosh mutaxassislari” ilmiy-intellektual xakatoni boʻlib oʻtdi. Mazkur xakaton “Barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot” kimyo haftaligi doirasida oʻtkazildi.
“Oʼzkimyosanoat” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan Fargʼona viloyatidagi “Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals” aktsiyadorlik jamiyati faoliyati bilan jurnalist va blogerlarni yaqindan tanishtirish maqsadida press-tur tashkil etildi.
20 noyabr kuni Xitoyning eng yirik shina ishlab chiqaruvchisi Shandong Linglong Tire Co., Ltd. va “Bars” brendi ostida shina ishlab chiqaruvchi “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ o'rtasida zavodni “General Motors” korporatsiyasi standartlariga muvofiq sertifikatlashga texnik ko'mak berish va omolagatsiya ishlarini amalga oshirish bo'yicha 4 yil muddatga shartnoma imzolandi.
Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo'lsa, uning joni va ruhi ma'naviyatdir. Biz yangi O'zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi – bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi – ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma'naviyat.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2016 yil 26 dekabrdagi “2017-2019 yillarda tayyor mahsulot turlari, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning istiqbolli loyihalarini amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori mahalliylashtirish ko'lamini yanada kengaytirishga xizmat qilmoqda. Qaror bilan tasdiqlangan dasturga muvofiq, kelgusi ikki yilda mamlakatimizda 3 milliard 400 million dollarlik qariyb 1 ming 150 loyihani amalga oshirish ko'zda tutilgan.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati delegatsiyasi Germaniyaning “Siemens Energy AG” kompaniyasi Ijrochi direktori (CEO) Kristian Brux bilan ushrashuv o'tkazdi.